“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

Tog‘li Qorabog‘da yana qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tan olinmagan respublikada harbiy holat e’lon qilindi

27 sen, 22:07 3 786 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tog‘li Qorabog‘da yana qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Tan olinmagan respublikada harbiy holat e’lon qilindi Foto: Sputnik
27 sentabr kuni ertalab Stepanakert shahri va Tog‘li Qorabog‘ning boshqa aholi punktlari «Grad» rusumli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutildi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda tan olinmagan respublika prezidentining matbuot kotibi Vahram Pogosyan «Interfaks»ga ma’lum qilgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tomonlari — Armaniston va Ozarbayjon mintaqada navbatdagi zo‘ravonlik avj olganligida bir-birini ayblagan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligining xabar berishicha, soat taxminan 6:00 da Armaniston qurolli kuchlari «keng ko‘lamli provokatsiyalar amalga oshirgan» va front yaqinidagi hududlarda Ozarbayjon armiyasi va qishloqlarni shiddat bilan o‘qqa tutgan. Vazirlik halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida tinch aholi vakillari borligini ma’lum qilgan. Ularning soni aniqlashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan Ozarbayjon qo‘shinlari butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlab, Armaniston harbiy mudofaa bo‘linmalarining 12 ta «Osa» zenit-raketa tizimlarini turli yo‘nalishlarda yo‘q qilgan.

O‘z navbatida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ga hujumni ozarbayjonlik harbiylar boshlaganini ma’lum qilgan.
Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar Ozarbayjonga tegishli ikki vertolyot va uchta dronni urib tushirgan, shuningdek, uchta tankni yo‘q qilgan. Baku bitta vertolyot urib tushirilganini tasdiqlagan. Uning ekipaji tirik.

Xabarda aytilishicha, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan harbiy holat va 18 yoshdan oshgan barcha erkaklar safarbar qilinishini e’lon qilgan.

O‘nlab kishilar halok bo‘lgan Armaniston va Ozarbayjon chegarasida avvalgi qurolli to‘qnashuvlar iyul oyi o‘rtalarida yuz bergandi. Shundan so‘ng armanlar va ozarbayjonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar ikki mamlakatdan tashqarida, xususan, Moskvada sodir bo‘la boshladi.

So‘nggi 30 yildan buyon Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar Tog‘li Qorabog‘ hududi sabab yomonlashgan. Mintaqa Ozarbayjon hududida joylashgan bo‘lsa-da, 1991 yilda uning tarkibidan chiqqan. Tan olinmagan ushbu respublika hududida asosan armanlar istiqomat qilib keladi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarada muntazam qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 554
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 169
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 210
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 56
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Bo‘limlar