“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:16
ЎЗO‘Z

Koronavirusga chalingan insonning organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

27 sen, 18:08 2 872 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga chalingan insonning organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Foto: «Domashniy ochag»
Ilk bora COVID-19 haqidagi xabarlar 2019 yilning dekabr oyida tarqala boshladi. Afsuski, kasallikning qurboni millionlab insonlarni tashkil etsa-da, shifokorlar virusni yuqtirib olgan organizmda aniq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning aksariyati, deyarli 90 foizdan ko‘prog‘ida kasallik alomatsiz yoki shamollash, grippga o‘xshash ko‘rinishga ega. Virus faqatgina keksa odamlar uchun emas, balki har qanday surunkali kasallikdan aziyat chekadiganlar uchun ham ancha xavfli hisoblanadi.

Ehtimol, koronavirus bilan zararlanganlar unga osongina sabr qilishi mumkindir, ammo virus tanaga qanday ta’sir o‘tkazadi, infeksiya yuqtirib olgan paytda yoki undan og‘ir ahvolda nima bo‘lishini bilib qo‘yish juda muhim.

To‘g‘ri, virusning asosiy alomatlari – isitma, yo‘tal, nafas qisilishi ma’lum, ammo ular ko‘plab boshqa virusli kasalliklar, shu jumladan, grippda ham kuzatiladi. Shu tufayli koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faktlar haqida ham qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

Koronavirus qanday qilib infeksiya keltirib chiqaradi?
Virus yo‘talish yoki aksa urganda havoga tushadigan namlik mikroqismlari orqali tarqaladi. Zarralar esa tanaga og‘iz, burun yoki ko‘zning shilliq pardasi orqali kiradi. Virusli zarralar bir zumda burun yo‘llari, tomoqning shilliq pardalari va hujayralardagi o‘ziga xos retseptorga yopishib oladi.

Bundan tashqari, virus yuzasiga biriktirilgan oqsil parchalanadi va hujayra membranasida joylashadi, bu esa virusning genetik materialining inson hujayralariga kirib borishiga imkon beradi. Ushbu genetik material hujayrani o‘ziga moslashtirib oladi. Endi u avvalgi vazifasini virusni ko‘paytirishga va yaratishga yordam berishga almashadi.

Qanday qilib bu jarayon nafas olishda muammolar paydo qiladi?
Virus tanada ko‘paygani sari boshqa hujayralarga ham yuqadi. Tomoq og‘rig‘i va quruq yo‘tal paytida tomoq qismidagi hujayralar birinchi bo‘lib aziyat chekadi. Borgan sari bronx va boshqa a’zolarga ham joylashadi. Hujayralar o‘pkaga yetib borganda, shilliq pardalar yallig‘lanadi. Yallig‘lanish o‘pkaga zarar yetkazmasligi uchun qonni yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlash va karbonat angidridni olib tashlash uchun ko‘proq harakatda bo‘lish lozim.

Shunday vaziyatda o‘pka asosiy vazifasiga e’tiborsiz bo‘lsa, uning o‘ziga juda qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda o‘pkada shish paydo bo‘ladi, bu esa kislorodning qon oqimiga kirishini qiyinlashtiradi, o‘pka hududlarini suyuqlik, yiring va o‘lik hujayralar bilan to‘lishiga olib keladi.

Pnevmoniya boshlanadi
Ayrim bemorlarda nafas olish organlari shu qadar qattiq zararlanadiki, endilikda ular nafas yetkazib berishga dosh berolmaydi. Eng yomoni, o‘pkada ko‘p miqdorda suyuqlik yig‘ilib, nafas qisilishi sindromi rivojlanadi va bemorning nafas olishi uchun har qanday davolash usullari yordam bermasligi mumkin, bu esa o‘lim holati bilan yakunlanadi.

Foto: «Domashniy ochag»
Virus o‘pkaga tushganda qanday hodisa yuz beradi?
Xitoyda koronavirus bilan kasallangan bemorlar haqidagi xabarlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan Chikago universiteti tibbiyot fakulteti professori, doktor Shu-Yuan Syaoning so‘zlariga ko‘ra, virus o‘pkaning periferik hududlarini zararlaydi. Yuqori nafas yo‘llari, traxeya va boshqa markaziy havo yo‘llariga yetib borish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi, ehtimol shu sababdan koronavirus epidemiyasi boshlangan Uxanda dastlabki holatlar o‘z vaqtida aniqlanmagan.

Aslini olib qaraganda, epidemiyaning boshida qo‘llangan sinov rejimi har doim ham o‘pkada infeksiya bor yoki yo‘qligini aniqlay olmas edi, shuning uchun ba’zi bemorlar davolanilmasdan uyiga qaytarib yuborilgan.

Virus faqat o‘pkani zararlaydimi?
Virus faqat o‘pkani zarralaydimi, degan savollarga shifokorlar yo‘q deb javob berdi. Virus asosan, o‘pkada to‘planishiga qaramay, u oshqozon-ichak yo‘li hujayralariga yuqib, shilliq pardalar orqali tarqalishi mumkin.

Shuning uchun ayrim bemorlarda diareya yoki oshqozon buzilishi kabi alomatlar ham kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari virus qon oqimiga ham kirishi mumkin. Shuningdek, shifokorlar virus yurak, buyrak, jigarga ham kirib, shu orqali organlarga zarar yetkazishi mumkinligini ma’lum qildi. Immunitet tizimining faol ishlashi tufayli hosil bo‘lgan yallig‘lanish organlarni ham ishdan chiqarishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 0
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 36
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 82
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 124
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar