“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:05
ЎЗO‘Z

Koronavirusda harorat ko‘tarilib, nafas qisishidan boshqa yana qanday simptomlar kuzatiladi?

26 sen, 23:35 3 700 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusda harorat ko‘tarilib, nafas qisishidan boshqa yana qanday simptomlar kuzatiladi? Foto: «Domashniy ochag»
Koronavirus bilan kasallanganlikdan darak beruvchi eng ko‘p ma’lum bo‘lgan belgi tana harorati oshishi va nafas olishning qiyinlashishi hisoblanadi. Ammo siz e’tibor bermagan boshqa alomatlar ham COVID-19 bilan zararlanganingizdan darak berishi mumkin. «Domashniy ochag» jurnali boshqa kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlar haqida ma’lumot beradi.

Qorin sohasida og‘riqni his qilish
Qorinda og‘riq, ich ketishi va ko‘ngil ayniganidan keyin koronavirusga xos boshqa an’anaviy simptomlar kuzatiladi. Hazm jarayoni bilan bog‘liq muammolar, xususan, ovqatdan zaharlanishga o‘xshash simptomlar kuzatiladigan bo‘lsa, har ehtimolga qarshi boshqa odamlar bilan kontaktda bo‘lmay turganingiz yaxshi.

Bosh og‘rig‘i
Koronavirusga xos yana bir simptom bosh og‘rishi hisoblanadi va shifokorlar bunga o‘pkadagi muammo sabab kishiga kislorod yetishmaydi bu esa bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi deb hisoblaydi.

Bosh og‘rishi, xotira susayishi va uyqu bosishi
Koronavirusning organizmga ta’sirini o‘rgangan olimlar uning nafaqat nafas a’zolari, balki asab tizimi va bosh miyaga ham ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi. Bu esa bosh aylanishi, uyqu bosishi va xotira susayishi kabi alomatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tomir tortishish
Virus asab tizimi hujayralariga ta’sir qilganidan keyin oyoq-qo‘llarda tomir tortishishi kuzatiladi. Avval sizda bunday holat kuzatilmagan va hozir tez-tez takrorlanadigan bo‘lsa, boshqalar bilan muloqot qilmaslik va shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Oyoq barmoqlarida qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘lishi
Ko‘p hollarda ushbu simptom bolalarda kuzatiladi va bir ozdan keyin izsiz yo‘qoladi. Ushbu belgining paydo bo‘lishi ispaniyalik shifokorlar tomonidan aniqlangan, ammo paydo bo‘lishi nima bilan bog‘liqligi hozircha ma’lum emas.

Mushaklar bo‘shashishi va og‘rishi
Mushaklarning grippdagidek bo‘shashishi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 38 foizida aniqlangan. 15 foiz bemor mushaklardagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Ko‘p hollarda mazkur ikki simptomdan keyin COVID-19’ning boshqa belgilari ham kuzatiladi, ammo ba’zi hollarda bu kasallikning yagona belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Kon’yunktivit
Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – og‘iz, burun yoki ko‘z orqali tushadi. Ko‘z shilliq qavatining qizarishi, yallig‘lanish yoki qichishi ham koronavirusning aynan ko‘z orqali yuqqanidan darak berishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar