“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 03:22
ЎЗO‘Z

Super-kontraktga arizalar qabuli boshlandi. Talabgor abituriyent uchun eslatmalar

26 sen, 22:06 3 579 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Super-kontraktga arizalar qabuli boshlandi. Talabgor abituriyent uchun eslatmalar OTMlarga kirish imtihonlarining javoblari e’lon qilindi. Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar bugun, 26 sentabrdan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun OTMga ariza berishlari mumkin.

Abituriyent tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktda (super-kontrakt) o‘qish uchun 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan bo‘lishi kerak.

O‘tgan yili super-kontrakt stipendiyasiz kontrakt miqdoriga qarab hisoblangan
O‘tgan o‘quv yilidagi tartibga ko‘ra, super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblangan.

To‘lovchilar o‘z xohishiga ko‘ra, stipendiyali to‘lov qilishi ham mumkin bo‘lgan. Ya’ni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summasiga o‘tgan o‘quv yili uchun 4,8 mln so‘m (bir yillik stipendiya miqdori) qo‘shimcha to‘lab har oy stipendiya olish imkoni berilgan.

Super-kontraktda OTMni tanlash mumkin
Super-kontraktda abituriyent o‘zi hujjat topshirgan 3ta OTMdan birini tanlashi mumkin bo‘lgan.

“Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi”, - deb xabar bergan edi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Tabaqalashtirilgan kontrakt qanday hisoblangan?
Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashgan:
- 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
- 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
- 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
- 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

O‘tgan o‘quv yilida belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga ko‘ra, eng qimmat miqdor 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m bilan yurisprudensiya yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.

Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishi — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m bo‘lgan.
Qolgan yo‘nalishlarda super-kontrakt 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

Bo‘lib to‘lash imkoni bor
O‘tgan o‘quv yilida super-kontraktni yil davomida ikkiga yoki hattoki oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.
Bunda super-kontrakt miqdori oylarga bo‘lib to‘langanda ham o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yil 1 noyabrdan hamda ikkinchi yarmi uchun 1 martdan kechiktirmay to‘lanishi talab etilgan.

Magistraturada qo‘shimcha qabul bor, lekin tabaqalashtirilgan kontrakt yo‘q
Magistraturada bakalavrdagiga o‘xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to‘lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo‘lsa, qo‘shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to‘lashadi.

Bu yilgi tartib qanday bo‘lishi kutilmoqda?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xodimi Bahriddin Shayvaliyevning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdori belgilab beriladi. OTM mana shu asosda o‘zi uchun super-kontrakt narxini belgilaydi. Lekin ayni paytda super-kontrakt narxlari ma’lum emas.

“O‘tgan yili abituriyentlarga o‘zi hujjat topshirgan OTMlardan birida super-kontrakt asosida o‘qish imkoni berilgan edi. Agar bu tartib saqlanib qolsa, joriy yil ham abituriyentlarga 5ta OTMdan birini tanlash imkoni beriladi.

Lekin bunda u super-kontrakt bilan o‘qish xohishini bildirgan OTMning imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Qabul to‘plangan ballarning qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi”, - deydi vazirlik vakili.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 157
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar