“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 15:56
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirusda o‘lim xavfini kamaytiruvchi muhim vitaminni aniqlashdi

26 sen, 20:50 2 005 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirusda o‘lim xavfini kamaytiruvchi muhim vitaminni aniqlashdi Foto: «Zdraveda.ru»
Boston universiteti Tibbiyot maktabi olimlari qon tarkibida D vitamini darajasi me’yorda bo‘lsa, yangi koronavirusni yuqtirganda o‘lim va og‘ir holatlarning xavfi kamayishini aniqlashdi, deb yozadi «PLOS ONE».

Xabarda aytilishicha, mutaxassislar 235 nafar bemorning qon namunalarini o‘rganishgan va zardobda D vitamini darajasi markeri — D 25-gidroksivitamini miqdorini hisoblashgan.

Buni qarangki, D vitamini yetarli darajada bo‘lgan COVID-19 bemorlarida noxush klinik belgilar — o‘lim yoki og‘ir asoratlar ancha kam kuzatilgan.

«Ushbu tadqiqot natijalari yetarli miqdordagi D vitamini asoratlar, jumladan, gipersitokinemiya va oxir-oqibat, COVID-19 tufayli o‘limning oldini olishi mumkinligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil bo‘la oladi», — dedi tadqiqot rahbari, doktor Maykl Xolik.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha qariyb ikki millionga ko‘paydi. Bu oldingi haftaga qaraganda 6% ko‘p.

Eng murakkab epidemiologik vaziyat Shimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilmoqda. O‘tgan hafta u yerda kasallanganlar soni oldingi hafta bilan taqqoslaganda 38% (qariyb 770 ming kishi)ga ko‘paygan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar insonning eng baxtsiz yoshini aniqlashdi 06 sen, 09:00
  • Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi 27 mar, 23:52
  • Yangi yilga olib o‘tmaslik kerak bo‘lgan 20ta kamchilik 31 dek, 15:15
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • Hayot maktabi uchun zarur bilimlar 21 iyun, 19:15
  • Olimlar kechasi noutbuklardan foydalanish semizlikka olib kelishini aniqlashdi 19 мая, 23:05
  • So'nggi yangiliklar
  • 60 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi 20 okt, 15:20 2
  • “Toyota”dagi telefon “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi 20 okt, 14:50 1
  • O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi 20 okt, 14:14 1
  • Shomurodovning A Seriyadagi debyuti qanday o‘tdi? (video) 20 okt, 13:53 14
  • Sadir Japarov hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish ishi bo‘yicha oqlandi 20 okt, 13:20 151
  • Baxtiyor Ashurmatov: “Surxon” jamoasi shunday kuchli tarkib bilan autsayderlar qatorida bo‘lishi kutilmagan xolat deb o‘ylayman” 20 okt, 12:45 168
  • Mutaxassis koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash yo‘llari haqida ma’lum qildi 20 okt, 12:10 387
  • Giyohvandlik umr zavoli 20 okt, 11:35 210
  • Podagra: buyrakni ishdan chiqaruvchi bo‘g‘imlar kasalligi haqida nimalarni bilish kerak? 20 okt, 11:00 256
  • Yevropa futboliga ilk qadam. Shomurodov qanday o‘ynadi? 20 okt, 10:30 492
  • Messi yanvarda yangi jamoaga o‘tishi kutilyapti 20 okt, 10:00 555
  • Minnatdorchilikning foydali jihatlari 20 okt, 09:30 196
  • Bo‘limlar