“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

DXX o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi

25 sen, 18:37 4 354 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida DXX xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, ularga chek qo‘yildi.

Jumladan, Navoiy viloyatida ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatiga chek qo‘yildi. Xususan, 2016 yilga qadar viloyat ichki ishlar boshqarmasida ishlagan, iste’fodagi mayor mahalliy fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 6000 AQSH dollari so‘rab, shundan 4000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pulni sobiq ichki ishlar xodimi, 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan qarindoshiga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilib, ushbu fuqaro ham 4000 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Angren shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan, hozirda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro go‘yoki Milliy gvardiya tizimida ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar mahalliy yoshlarni ishga kiritib qo‘yishini aytib, ularning har biridan 1500 AQSH dollari talab qiladi.

Ushbu firibgar kimsa 1971 yilda tug‘ilgan, Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, hozirda hech qayerda ishlamaydigan jinoiy sherigi bilan birga so‘ralgan 6000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qarshi shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro savdo do‘koni qurish uchun 4 sotix yer ajratish to‘g‘risida tanishlari orqali Qarshi shahar hokimining qarorini chiqartirib berishini aytib, yakka tartibdagi tadbirkordan 4500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1979 yil Jondor tumanida tug‘ilgan, 2017 yilgacha Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan fuqaro aldov yo‘li bilan abituriyentning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi va evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ayni bir paytda Buxoro davlat universiteti va tibbiyot kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi shaxs Buxoro bank kollejida ishlovchi o‘zining hamtovog‘i bilan oldindan til biriktirib, 3500 AQSH dollari evaziga bir abituriyentni Buxoro davlat universitetiga hamda 3000 dollar evaziga ikkinchi abituriyentni Buxoro muhandislik-texnologiyalari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, jami 6500 AQSH dollari olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi, go‘yoki ta’lim sohasida ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni Samarqand davlat chet tillar institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar