“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:34
ЎЗO‘Z

Sentabr oyi oxirida havo harorati yana tushishi kutilyapti

25 sen, 18:08 3 220 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sentabr oyi oxirida havo harorati yana tushishi kutilyapti Respublika Gidrometeorologiya markazi sentabr oyi so‘nggida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekistonda ob-havo ochiq va iliq bo‘ladi, harorat shu kunning iqlimiy me’yoriga yaqin — 22 −27 daraja atrofida bo‘ladi.

26-27 sentabrda mamlakatimiz shimoliga Qozoqiston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antisiklon tarmog‘i kira boshlaydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyati va cho‘l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me’yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antisiklon ta’sirida bo‘ladi. Bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha bulutlilik ortadi, mamlakatimizning tekislik hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

29-30 sentabrda baland tog‘li tumanlarda yomg‘irning qorga o‘tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o‘tishi natijasida 28 sentabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo‘yicha harorat foni o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga past bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 3
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 50
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar