“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 04:14
ЎЗO‘Z

SSV O‘zbekiston «Sputnik-V» vaksinasidan faqat 5 ming doza olishini ma’lum qildi

25 sen, 16:27 2 857 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
SSV O‘zbekiston «Sputnik-V» vaksinasidan faqat 5 ming doza olishini ma’lum qildi Foto: Vyacheslav Prokofev/TASS
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston koronavirusga qarshi vaksina bilan emlash jarayonida ishtirok etish uchun olib borayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Xitoy va Rossiyada uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilayotgan vaksinalarni xarid qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi kompaniyalaridan vaksinalar klinik sinovlarining uchinchi bosqichini O‘zbekistonda birgalikda amalga oshirish bo‘yicha takliflar olingan. Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning «Sinopharm» kompaniyasining vakolatli korxonasi - «Yilin International Commerce» MCHJ bilan, shuningdek, «Zhifei Longcom» kompaniyasi bilan kelishuvlar imzolangan.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilayotgan «Sputnik-V» vaksinasining 5000 dozasini O‘zbekiston Respublikasiga ajratish yuzasidan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasiga murojaat qilingan.

Vazirlikning eslatishicha, O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining «COVAX» (koronavirusga qarshi vaksinalash) xalqaro mexanizmiga qo‘shilgan va agar vaksina muvaffaqqiyatli ishlab chiqilgan bo‘lsa, «COVAX» mexanizmida ishtirok etadigan mamlakatlar aholisining 20 foizini emlash uchun yetarli vaksina ta’minotiga kafolatlangan dastlabki kirish imkoniyatdan foydalaniladi. Shuningdek, ushbu dasturning asosiy maqsadi — yangi vaksinalarni yaratish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda ularni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlashdir.

«Yana bir muhim masala — vaksinalarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Mazkur masala ham olimlarimiz va farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu holatda vaksinalar importga bog‘liq bo‘lmaydi. Ularni eksport qilish orqali qo‘shni davlatlarga ham yordam berish imkoni yaratiladi. Bu o‘z navbatida mintaqada Covid-19’ga nisbatan epidemiologik barqarorlikka erishish jarayonini ta’minlaydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda jahonda 25ta vaksina klinik, 139tasi esa klinikagacha bo‘lgan sinovlar jarayonida. Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan 9ta vaksinaning oxirgi (uchinchi) bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avvalroq, Rossiyadagi nashrlar LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi Rossiya bevosita investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) bilan O‘zbekistonga 35 million dozagacha «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berishga kelishib olgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Furqat Sanayevning izoh berishicha, xususiy kompaniya tomonidan tuzilgan bu kelishuv hukumat pozitsiyasini ifodalamaydi. U ushbu kompaniya bunday katta miqdordagi vaksinani xarid qilish imkoniyatiga ega emasligi va O‘zbekistonda bunday katta miqdordagi vaksinaga ehtiyoj ham yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 108
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 179
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 98
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 90
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 118
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 55
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 85
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 473
  • Bo‘limlar