“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:54
ЎЗO‘Z

Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

25 sen, 08:11 2 686 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Qayd etilishicha, mukofot qo‘mitasiga rus yozuvchisi Sergey Komkov ariza yuborgan.

Meduza’ning yozishicha, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday tashabbusga Kreml qanday munosabatda ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan, Nobel mukofotiga nomzod sifatida «umuman turli toifadagi odamlar» ilgari surilishini aytgan. «Va bu shunday taklif bilan chiqayotganlarning tashabbusi. Ayni holatda esa u siz tilga olgan yozuvchi. Nomzodlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos tartibi mavjud. Agar qaror qabul qilinsa, juda soz. Qabul qilinmasa ham hechqisi yo‘q. Bundan ortiq biror nima deyish qiyin», — degan u jurnalistlarga.

Bundan bir hafta avval, 19 sentabr kuni rossiyalik olim, Nyu-Jersidagi Ratgers universiteti professori Sergey Yerofeyev siyosatchi Aleksey Navalniy Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, ushbu mukofot uchun Navalniy nomzodini «Rossiya bilan shug‘ullanuvchi taniqli universitetlarning bir qator professorlar ilgari surgan. Yerofeyev ularning aniq kimligini aytmagan, lekin «Dojd» nashriga bergan izohda uning nomzodini ko‘rsatganlar orasida «katta odamlar» borligini qayd etgan.

2013 yilda Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon va Xalqlar ma’naviy birligi va hamkorligi xalqaro akademiyasi Putinni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatgan. Ularning fikricha, Putin ushbu mukofotga «Suriya mojarosini hal etishdagi faol ishtiroki va AQSHning Suriyaga bostirib kirishining oldini olishga uringani» uchun loyiqdir.

2020 yildan boshlab har bir toifadagi Nobel mukofotining hajmi 110 ming dollarga oshirilib, 1,1 million dollarga yetgan. Nomzodlar 5 oktabr kuni e’lon qilinadi. COVID-19 epidemiyasi tufayli 2020 yilda mukofotni topshirish an’anaviy marosimi o‘tkazilmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 1
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 113
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 198
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar