“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:11
ЎЗO‘Z

Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat

24 sen, 00:10 4 841 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kasal bo‘lmaslik uchun amal qilish tavsiya qilinadigan 13 maslahat Foto: Pixabay
Insonning kundalik turmush tarzi va kayfiyatning qanday bo‘lishi salomatlikda muhim rol o‘ynaydi. Siz-u biz e’tibor bermagan odatlar esa asabiylashish yoki yaxshi his qilishga sabab bo‘lishi bu esa sog‘liqqa ta’sir qilishi aniq.

Qiziqqan sport turingizni tanlang
Zalga borish kerak bo‘lgani uchungina boradigan bo‘lsangiz, yaxshisi o‘zingizni majburlamang. Uning o‘rniga o‘zingiz uchun qiziq bo‘lgan sport turi bilan shug‘ullaning. Asosiysi, shug‘ullanishdan davomida zavq oling.

Ko‘proq suv iching
Ushbu maslahat hammaning organizmi uchun foyda keltiradi va uni bajarish uchun ortiqcha ovoragarchilik talab etilmaydi.

O‘tirgan joyingizdan turib, yuring
Uy yoki ofisda 4-5 soat davomida o‘rnidan turmay o‘tirish sog‘liq uchun zararli. Har yarim soatda o‘rningizdan turib 5 daqiqa bo‘lsa ham yurib turing.

Spirtli ichimlik iste’mol qilmang
Spirtli ichimlik iste’moli nafaqat a’zolar faoliyati, balki inson o‘zini qanday his qilishiga ham ta’sir etadi.

Tanangiz haqida qayg‘uring
Salomatligingizga befarq bo‘lmang. Qayg‘urishingiz uchun kasal bo‘lishingiz shart emas.

Foydali taomlar iste’mol qilishga odatlaning
Iloji bo‘lsa foydali va mazali taomlarni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlang. Tayyorlash jarayoning o‘zida zavq olasiz.

Oilangizda salomatligi va kasallik tarhi haqida ma’lumotga ega bo‘ling
Bir qancha kasalliklar nasliy bo‘lishi mumkin. Agar oila a’zolaringizda shunday kasalliklardan biri bo‘ladigan bo‘lsa, uni oldini olish uchun ehtiyotingizni qilib yuring. Kasal bo‘lgandan uni oldini olgan yaxshi.

Ko‘ngil yozishni ham unutmang
Do‘stlaringiz bilan uchrashing, meditatsiya bilan shug‘ullaning. Kayfiyatingiz yaxshi bo‘lishi salomatligingizda ham muhim rol o‘ynaydi.

Kamroq televizor ko‘ring
Seriallar qiziqligi to‘g‘ri, lekin hayotingiz to‘qimalarni tomosha qilish bilan o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

Kasal holda ishga bormang
Salomatligingizda muammo bo‘lsa, ishga borganingiz bilan xayolingiz ishda emas, og‘riyotgan tana qismida bo‘ladi. Bu ham yetmagandek, infeksiya yuqtirgan bo‘lsangiz, boshqalarni ham zararlashingiz mumkin.

Atrofdagilar bilan bahslashmaslikka harakat qiling
Tortishish va tushunmovchiliklar ham inson kayfiyatiga, bu esa salomatlikka ta’sir qilmay qolmaydi.

Keragicha uxlashni unutmang
Ijtimoiy tarmoq yoki o‘yin o‘ynash uchun uyqudan voz kechmang. Organizm uchun dam olish juda ham muhim. Qolaversa, tiniqib uxlagandan keyin o‘zingizni tetik va energiyaga to‘la his qilasiz.

Makiyajni o‘chirishni unutmang
Uyquda avval makiyajni o‘chirish esingizdan chiqmasin. Bo‘yoqdan zararli qoldiqlar qolmasa, teri nafas oladi va uning holati yomonlashmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 94
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 259
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 169
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 381
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar