“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 milliard dollardan oshdi

23 sen, 16:13 2 597 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 milliard dollardan oshdi Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni to‘lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy tashqi qarzdagi o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2013-2017 yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning o‘sishi kuzatilgan.

Biroq, 2018 yilda xususiy sektor tashqi qarzi kamayishi kuzatildi, bu esa o‘z navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugashi bilan izohlanadi. 2019 yildan boshlab xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko‘payishi hisobiga yana o‘sishni boshladi.
2020 yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi. Ushbu jarayon COVID-19 virusining tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, - deya ta’kidlab o‘tgan MB.

2020 yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining o‘sishi 1,7 mlrd. dollarni tashkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi sababli O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida 2020 yilning boshiga nisbatan kamaydi.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 mlrd. dollarga oshdi.

2020 yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 mlrd. dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,8 mlrd. dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari – 71 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 154 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 121
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar