“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:35
ЎЗO‘Z

Bugun Shavkat Mirziyoyev BMTda chiqish qiladi

23 sen, 10:30 2 868 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun Shavkat Mirziyoyev BMTda chiqish qiladi Foto: Prezident matbuot-xizmati
Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zga chiqadi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surishi kutilmoqda.

Videoanjuman shaklida o‘tadigan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyevning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga to‘g‘ri keladi.
Nuqt oldidan «Yuksalish» umummilliy harakati prezident tomonidan 2017 yil sentabrida, BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslarni sanab o‘tdi.

Orol muammosi

Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridagi avvalgi nutqida dunyo hamjamiyati e’tiborini yana bir bor bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga qaratgan edi.

Davlat rahbari dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etayotganini ta’kidladi.

2018 yil 27 noyabrda Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi tashkil etildi.

Afg‘oniston muammosi

Prezident 3 yil oldingi nutqida Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish zarurligini ta’kidlagandi.

2018 yil 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik haqidagi rezolyutsiya

Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish muhimligini ta’kidlagandi.

Davlat rahbari sessiyada BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan chiqqandi. Hujjatning asosiy maqsadi — barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat.

2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi ushbu rezolyutsiyani qabul qildi.

Markaziy Osiyodagi birdamlik

O‘zbekiston prezidenti o‘sha nutqida «O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda», — deya ta’kidlagan edi.

2018 yil 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘z olgan Shavkat Mirziyoyev yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olish ahamiyatini ta’kidlagandi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar