“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:29
ЎЗO‘Z

Shota Arveladze: "Raqib uchun g‘urur, biz uchun esa final o‘yini bo‘ladi"

22 sen, 21:58 2 486 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shota Arveladze: "Raqib uchun g‘urur, biz uchun esa final o‘yini bo‘ladi" Foto: championat.asia
Ertaga, 23 sentabr kuni OCHL G‘arb mintaqasida 6-tur o‘yinlariga start beriladi. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi oxirgi turni Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o‘tkazadi. Bugun o‘yindan oldingi matbuot anjumanida bo‘lib o‘tdi. Biroz oldin forslar bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokidagi anjumanda aytilgan fikrlarni o‘qigan edingiz.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladzega hujumchi Eren Derdiyok hamrohlik qildi.

Sh.Arveladze: "Biz uchun har bir o‘yin final bo‘lyapti. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ular uchun bu o‘yin g‘urur uchun kechadi, forslarni xarakteri jangovar. Buni bilamiz, chunki Eron klublari bilan ko‘p bor to‘qnash kelganmiz. Biz uchun esa musobaqani davom ettiramizmi yoki yo‘qligini ko‘rsatib beradi. O‘ylashimcha, yuqori darajadagi yaxshi o‘yin bo‘ladi, buni ertaga ko‘rasiz".

E.Derdiyok: "Albatta, biz 3 o‘yin o‘tkazdik va ularning barchasida g‘alaba qozonishga harakat qildik. Oxirgi tur bahsi esa o‘z-o‘zidan biz uchun finaldek bo‘ladi. Ertaga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatishga va guruhdan chiqishga harakat qilamiz".

- Ertangi o‘yinda sizda raqib ("Shabab Al Ahli" nazarda tutilmoqda)dan ko‘ra keyingi bosqichga chiqish imkoniyati yuqoriroq. Siz ertaga guruhdagi ikkinchi o‘yin natijasini kuzatib borasizmi?
Sh.Arveladze: - Yo‘q, ikkinchi o‘yin natijasini ko‘rishga va kuzatib borishga imkoniyatim bo‘lmaydi. Chunki, to‘liq konsentratsiyani o‘z o‘yinimga qarataman. Agar menda vaqt bo‘lsa narigi o‘yin hisobi qanday bo‘layotganini so‘rashim mumkin. Lekin, umid qilaman-ki ertaga bunga hojat qolmaydi. Barchasi o‘zimizni qo‘limizda.

- Oldingi 3 o‘yindagi boy berilgan vaziyatlar o‘yinchilarga ruhiy tomonlama salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ruhiyat bilan bog‘liq muammoni qanday hal qilmoqchisiz? Ular bilan suhbatlashdingizmi?
Sh.Arveladze: - Men futbolchilarim bilan har kuni suhbatlashaman. Bu futbol. Ba’zida gol urasiz, ba’zida esa yo‘q. Har bir o‘yinda yaratayotgan vaziyatlarimiz juda muhim, chunki sen ko‘proq vaziyat yaratayotgan bo‘lsang, demak raqibdan ko‘ra aqlliroq o‘yin namoyish etayotgan bo‘lasan. Sen ularni to‘pni maydon tashqarisiga yoki shunchaki oldinga tepib yuborishga, ba’zida esa xato qilishga majbur qilasan. Bundan tashqari, raqib himoyachilari va darvozaboni ham maydonda shunchaki chiroyli fotolar uchun turmaydi-ku. Biz yanada ko‘proq vaziyatlar yaratishga harakat qilishimiz kerak. Lekin, shunday hollar ham bo‘ladi-ki, bitta vaziyat yuzaga keltirib gol urib ketishingiz mumkin. Futbolda nima bo‘lishini oldindan aytib berolmaysiz, shunisi bilan ham u qiziq.

- Sen O‘zbekistonning eng katta klubi bo‘lgan "Paxtakor"ga kelding. "Paxtakor" oxirgi marta 10 yil oldin Chempionlar ligasida guruhdan chiqqan. Hozir esa pley-offga bir qadam qoldi. Senda hozir qanday hissiyotlar?
E.Derdiyok: - Men qandaydir yangi gap ayta olmayman. O‘ylashimcha, "Paxtakor" juda katta potensialga ega jamoa va klub. Keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga egamiz. Biz butun mamlakat sharafini himoya qilayotganimizni tushunib turibmiz va maqsadga yetish uchun oldinga intilamiz.

- Ertangi raqib hali birorta gol ham urmagan. Ko‘pchilik jamoadan g‘alaba va keyingi bosqichga chiqishni kutmoqda. Sizda ertangi bellashuvda rotatsiya qilish fikri yo‘qmi?
Sh.Arveladze: - Bunday fikr kelmadi. Chunki, hali pley-offga chiqmadik va bo‘shashishga haqqimiz yo‘q. Hech kimga bo‘shashishga yo‘l qo‘ymaymiz. Hali gol urmagan jamoa degan jumla biroz chalg‘ituvchi. Chunki, ular o‘yin va statistika bo‘yicha yomon emas. Ular vaziyatlar yaratishmoqda. Xatto, ular bilan Toshkentda o‘tgan bahsimizda yirik (3:0) hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, ular o‘yin bo‘yicha juda yaxshi taassurot qoldirishgandi. Bu xarakterli va jangovar jamoa. "Al Hilol"ga qarshi oldingi bellashuvda ularda hech qanday imkoniyat qolmagandi, shunga qaramay borlarini berib kurashishdi. Menimcha, ertaga biz bilan ham oxirigacha kurashishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 96
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 253
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 092
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar