“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 00:59
ЎЗO‘Z

Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitaminining tabiiy, hamyonbop manbalari

22 sen, 07:40 3 883 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitaminining tabiiy, hamyonbop manbalari Foto: «Domashniy ochag»
«Quyosh vitamini» deb ta’rif beriladigan D vitamini inson o‘zini qanday his qilishi va salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi bir qancha muammo va hatto kasalliklarga ham sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kunlarning sovishi, harorat pasayishi bilan organizmda ushbu vitaminga bo‘lgan talab ortadi.

D vitaminini qoplashning bir qancha yo‘llari bor. Quyoshli vanna qabul qilish, dori-darmonlardan foydalanish mumkin. Ammo tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish orqali masalaga oson yechim topish mumkin. Buning uchun quyidagi mahsulotlarni ratsionga kiritish va muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Baliq mahsulotlari
Baliq nafaqat D, balki boshqa foydali vitaminlarni ham o‘z ichiga oladi. Uning istalgan turidan taom tayyorlash, pechda, parda pishirib yeyish mumkin.

Jigar go‘shti
Qo‘y yoki molning jigar go‘shtidan tayyorlangan taom yoki pashtet, D vitamini yetishmasligini bartaraf etish bilan birga immunitet ko‘tarilishiga ham yordam beradi.

Sut mahsulotlari
Sariyog‘, pishloq, sut, smetana va boshqa sut mahsulotlarini yeyishni kanda qilmaslik, iloji bo‘lsa, kunni ular bilan boshlash kerak.

Qo‘ziqorin
Qo‘ziqorinni konservalangani yoki istalganidan salat, pitssa va boshqa taomlar tayyorlash tavsiya qilinadi.

Tuxum
Tuxumni D vitamini manbayi desa ham xato bo‘lmaydi. 100 gr tuxumda D vitamini kunlik me’yorining 70 foizi bo‘ladi. Ayniqsa, tuxumning sarig‘i vitaminga boy sanaladi.

Mevalar
Mandarin, kivi, qorag‘at (smorodina), quritilgan anjir hamda petrushka, qichitqi o‘t (krapiva) o‘simliklari ham D vitaminini o‘z ichiga oladi.

O‘simlik yog‘i
O‘simlik yog‘i ham «quyosh vitamini» manbayi, faqat buning uchun termik ishlov berilmaganidan foydalanish kerak.

Tofu, soya suti
Soya sutining foydali ekani sabab uni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi.

Tabiiy apelsin sharbati
D vitamini yetishmagan insonlarga 1 stakandan apelsin sharbatini ichish maslahat beriladi.

Margarin
Tarkibida D vitamini bo‘lgan mahsulotlar qatoriga margarin ham kiradi. Bu degani, siz margarin qo‘shib tayyorlangan sevimli pirog yoki shirinligingizni iste’mol qilib ham D vitamini yetishmasligini oldini olishingiz mumkin.

Yuqoridagilarni iste’mol qilishdan tashqari, quyoshli ob-havoda kezish va uning nurlaridan bahra olishni unutmaslik kerak. Kuniga 20 daqiqa, ertalab soat 9 dan 11 ga qadar quyoshda sayr qilish salomatligingiz uchun foydali. Ham iste’mol mahsulotlariga e’tibor berish, ham quyish nurida ko‘proq sayr qilish sizda D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishining oldini oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 314
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 210
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 476
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 321
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 350
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 430
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 1
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 137
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 17
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 449
  • Bo‘limlar