“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:32
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: “Moliyaviy muammolarni esdan chiqarib maydonga tushyapmiz”

21 sen, 22:13 2 506 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: “Moliyaviy muammolarni esdan chiqarib maydonga tushyapmiz” Superliganing 16-turi doirasida o‘tkazilgan “Nasaf” va “Surxon”(5:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchinchi golga qadar “Surxon” jamoasiga imkoniyat bermadik. Raqib safida tajribali futbolchilar bor edi, ularga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Uchinchi goldan keyin ozgina bo‘shashdik. O‘yin davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi, buni hisobda ham aks ettirdik. Yigitlar ko‘rsatmalarimizni bajarishdi.

“Navbahor” bilan o‘yinga yaxshi tayyorlanamiz. Bugungi g‘alaba ruhiy tomondan ko‘tarinkilik berishi tayin. Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashmoqdamiz. Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Jamoalar bizga munosib qarshilik ko‘rsatishmoqda. Yigitlardan har bir uchrashuvga jiddiy tayyorlanishni talab qilmoqdamiz.

Marko Stanoyevichning o‘yinida mavsum boshiga qaraganda pasayish bo‘ldi. Balki charchoq alomatidir yoki boshqa sababdanmi, bilmadim. Lekin tajribasi katta, o‘yinni boshqarishga bizga yordam bermoqda. Traorega “Andijon” bilan o‘yinda imkoniyat berdik. Qanot yarim himoyasida o‘ynadi, lekin biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Bugun Sherzod Nasrullayev charchab qoldi, shuning uchun uni qanot himoyasida o‘ynatdik.

Moliyaviy muammolar bor, biz buni o‘ylab maydonga chiqayotganimiz yo‘q. Futbolchilar vaziyatni to‘g‘ri tushunib turishibdi. Homiylarimizga ishonamiz, tez orada muammo o‘z yechimini topadi degan umiddamiz. Biz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajarishga harakat qilyapmiz.

Oybek Bozorov “Andijon” bilan o‘yinda jarohat oldi Lekin kechagi mashg‘ulotlarda qatnashdi va o‘ynay olishini bildirdi. O‘yindan oldin jarohati baribir o‘z so‘zini aytdi. “Navbahor” bilan o‘yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz”, – deydi Ro‘ziqul Berdiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 244
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 226
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 123
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar