“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 20:33
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors 10 foizgacha aksiyalarini IPO o‘tkazish yo‘li bilan sotmoqchi

21 sen, 20:50 3 351 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors 10 foizgacha aksiyalarini IPO o‘tkazish yo‘li bilan sotmoqchi Foto: Askar Yakubov
“UzAuto Motors” AJ ustav kapitalining 10 foizigacha bo‘lgan miqdorda jamiyat aksiyalarini birlamchi ommaviy taklif (IPO) yo‘li bilan joylashtirishni tashkil etish yuzasidan shartnoma tuzish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlov ishtirokchilari sifatida quyidagi talablarga javob beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari qatnashishlari mumkin:
- qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyasiga ega bo‘lgan;
- tanlov ishtirokchisi tugatilish va/yoki bankrotlik jarayonida hamda to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin emas;
- tanlov ishtirokchisi shartnoma bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi resurslar, vakolatlarga, tajribaga, malakaga ega bo‘lishi shart;
- tanlov ishtirokchisi boshqa investitsiya vositachilari bilan birgalikda obuna kompaniyasini tashkil etishda ishtirok etish va aksiyalarning realizatsiya qilinmagan qismini sotib olish hajmi to‘g‘risida kafolatlar yoki takliflar berishi shart.

Xorijiy maslahatchilar tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan investitsiya vositachilari bilan konsorsiumda ishtirok etishi va/yoki investitsiya vositachilari xorijiy maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.

Birlamchi ommaviy taklif yo‘li orqali (IPO) “UzAuto Motors” AJ ustav kapitalining 10 foizigacha miqdordagi aksiyalari taklif etiladi.
Tanlov jarayonida qatnashish uchun arizalar “UzAuto Motors” AJga 30 sentabr soat 17:00ga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 8-uy manzili bo‘yicha topshirilishi shart.

Tanlov natijalari arizalar topshirish muddati tugaganidan keyingi 5 ish kuni ichida e’lon qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 58
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 32
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 73
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar