“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston fuqaroligini olish onlayn-rejimga o‘tkaziladi

21 sen, 16:00 2 103 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston fuqaroligini olish onlayn-rejimga o‘tkaziladi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 557-son qarori qabul qilindi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

IIV, TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda DXX «Pasport-viza» avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini modernizatsiya qilish orqali «E-Fuqaro» O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasini joriy etdi. U tegishli davlat organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida shakllantirilgan.

Ushbu ma’lumotlar bazasi asosida endi:
- fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ularni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq tartib-taomillar avtomatlashtiriladi;
- fuqarolik masalalari bo‘yicha tushgan arizalar idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘rtasida ko‘rib chiqiladi hamda ularga tegishli munosabat bildiriladi;
- fuqarolikka qabul qilish, uni tiklash, undan chiqish va uni yo‘qotish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

«E-Fuqaro» ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar kiritish hamda idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik orqali ayirboshlanadigan ma’lumotlar sxemasi tasdiqlandi. Shuningdek, «E-Fuqaro» IMBni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish haqidagi arizalar real vaqt rejimida «E-Fuqaro» orqali qabul qilinadi.

IIVga DXX, Mudofaa vazirligi, TIV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, DSQ, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda almashinadigan ma’lumotlarni yangilab borish, olish va berishda foydalaniladigan axborot tizimlarini «E-Fuqaro» IMB bilan o‘zaro muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish yuklandi.

IIV Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan davlat boji to‘lovlari, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat bojlari va yig‘imlari to‘lanishini «Elektron hukumat»ning yagona billing tizimi orqali ta’minlash yuklatildi.

2021 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududida fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarni YAIDXP orqali berish mexanizmi joriy etiladi. Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar esa TIV saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2020 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 230
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 148
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar