“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:35
ЎЗO‘Z

Britaniyada karantinni buzganlik uchun 10 ming funt sterlinggacha jarima belgilandi

21 sen, 11:30 1 911 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Britaniyada karantinni buzganlik uchun 10 ming funt sterlinggacha jarima belgilandi Foto: Reuters
Britaniyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berayotgani ortida hukumat karantin qoidasiga amal qilmaydiganlarga nisbatan yangi jarimalar kiritdi.

Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning ta’kidlashicha, 28 sentabrdan karantinga amal qilmaydiganlarga nisbatan ming funt sterlingdan 10 ming funt sterlinggacha (13 ming dollar) jarima solinadi.

Qat’iy choralar avvalambor koronavirusga chalinganlar, ular bilan aloqada bo‘lganlar hamda karantin choralariga amal qilmaydigan ish beruvchilarga taalluqli bo‘ladi.

Vazir vaziyat og‘irlashsa, mamlakatda milliy lokdaun ham kiritilishi mumkinligini aytgan va qoidabuzarlar haqida politsiyaga ma’lum qilishga chaqiran.
Agar qoidalarga rioya qilsak, milliy darajada karantin kiritilishidan qochishimiz mumkin”, deb aytgan Xenkok.

Jarima miqdori past daromadli fuqarolar uchun 500 funt sterlingni, qolganlar uchun ming funt sterlingni tashkil qiladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun 10 ming funt sterling jarima to‘lashga to‘ri keladi.

Biz bu virusning tarqalishini nazorat qilish, eng ta’sirchan odamlarning kasallanishi oldini olish uchun barcha imkoni bor ishni qilishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.

Shu bilan birga, hukumat karantin tufayli ishlay olmaydiganlarga 500 funt sterlingdan to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Britaniya rasmiy idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya va Uelsda pandemiya boshlangandan beri karantinni buzganlik uchun 19 mingdan ko‘proq jarima yozib berilgan, biroq uning yarmidan kamrog‘i to‘langan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 107
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 289
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 451
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar