“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:57
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishida ishtirok etadi

20 sen, 23:11 2 503 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishida ishtirok etadi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.

Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi.

«Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda
», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.

Ularni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Xususan, ikkinchi shunday uchrashuv o‘tgan yili noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

2018 yil mart oyida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli tashkil etildi, uning yakunida afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha o‘ziga xos «yo‘l xaritasi»ga aylangan deklaratsiya qabul qilingan edi.

O‘sha yilning dekabr oyida esa BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Bugungi kunda BMTning Yoshlar huquqlari bo‘yicha konvensiyasi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu konvensiyaning dolzarbligi joriy yil avgust oyida o‘tgan «Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» Samarqand forumining xalqaro ishtirokchilari tomonidan yana bir bor qayd etildi.

Ikki yil avval tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi amaliy faoliyat ko‘rsatmoqda.

«Qayd etish joizki, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar