“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:56
ЎЗO‘Z

Cadillac XT4 o‘z egasining yuzidan tanishni «o‘rganib oldi»

20 sen, 08:40 2 115 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Cadillac XT4 o‘z egasining yuzidan tanishni «o‘rganib oldi» Foto: Cadillac
Cadillac XT4 subkompakt krossoveri Xitoyda bir qator yangi funksiyalarga ega bo‘ladigan yangilanishni amalga oshiradi. Ular qatorida Face ID tizimi ham bor, bu orqali avtomobil o‘z egasini yuzidan taniy oladi, deb xabar beradi Motor.

Kompaniya yangi funksiyani «eng zamonaviy kalitsiz ochish tizimi» deya izohlagan va u sutkaning istalgan vaqtida, har qanday ob-havo sharoitida ishlay oladi.

Tizim kuzovning markaziy qismidagi ustunga o‘rnatilgan ikkita infraqizil kameradan foydalanadi. Mashina egasi avtomobilga yaqinlashgach, tizim Bluetooth orqali uning mobil telefoni signalini ushlaydi va «uyg‘onadi»: u yuzni skaner qiladi, shundan so‘ng eshik ochiladi va dvigatelni kalitsiz o‘t oldiradi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan yangi tizim qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘ladi — avtomobilni barmoq izi yoki parol yordamida ochish. U sakkizta profilga, xususan, administrator profiliga ega bo‘lib, u qolgan yetti kishiga ruxsat bera oladi.

Foto: Cadillac
Xitoyda Cadillac XT4’ga yangi tizimni o‘rnatish 1480 dollarga tushadi. Krossover Face ID’dan tashqari, Cadillac User Experience (CUE) multimedia tizimi hamda 214 ta buyruqni bajara oladigan ovozli yordamchiga ega bo‘ladi. Xitoyda XT4 narxi 38 ming dollardan boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 359
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 198
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 532
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 645
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 371
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 263
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar