“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 00:09
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini boshladi

18 sen, 08:20 1 980 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini boshladi Foto: RT
Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«Fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, birinchi va ikkinchi faza doirasida ko‘ngillilarni emlash o‘tkaziladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buning uchun ruxsat bergan. «Ko‘ngilli sifatida 244 kishi ishtirok etishi mumkinligiga qaramasdan, ilmiy-tadqiqot institutiga qisqa vaqt ichida xohlovchilardan ko‘plab arizalar kelib tushgan. E’lon berilganidan bir necha kun o‘tgach biz qabulni to‘xtatishga majbur bo‘ldik», — deyiladi xabarda.

Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, 26 iyul kuni QazCovid-in vaksinasini dastlab yetti, keyin 20 nafar tadqiqotchi olim qabul qilgan. Ularda o‘suvchi immunitet shakllangan, tahlillar natijalari vaksinaning xavfsizligini va yuqori immunogenlikka ega ekanligini ko‘rsatgan. Vaksinani qabul qilgan xodimlar hozirgi paytda o‘zini yaxshi his qilmoqda va ishini davom ettirmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 15 may kuni Qozog‘istonda yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritgan. 29 avgustda esa mazkur vaksina klinik sinovlarga ruxsat berilgan vaksinalar qatoridan o‘rin olgan.

Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1 avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargan shaxs — Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bo‘lib o‘zida sinovdan o‘tkazdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 149
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 148
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 225
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • Bo‘limlar