“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 08:12
ЎЗO‘Z

Yoshlar ishlari agentligining qarorlari bajarilishi majburiy etib belgilandi

13 sen, 20:25 2 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yoshlar ishlari agentligining qarorlari bajarilishi majburiy etib belgilandi Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Adliya vazirligi nizomdagi muhim jihatlarni sanab o‘tdi.

Nizomga ko‘ra, Agentlikning qabul qilgan qarorlari davlat organlari, boshqa tashkilot va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Agentlik yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi yozilgan va Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

Agentlik tizimiga agentlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, «Yoshlar media xoldingi» AJ kiradi.

Hududiy bo‘linmalar (tumanlar va shaharlar bo‘limlari bundan mustasno) yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ishlari agentligi shu yilning 30 iyunida qabul qilingan prezident farmoni bilan tashkil etilgandi.

O‘z navbatida, Yoshlar ittifoqi nodavlat-notijorat tashkilot sifatida faoliyatini davom ettiradi. Ittifoq yetakchisi bo‘lib kelgan Alisher Sa’dullayev agentlik direktori etib tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 3
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 93
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 144
  • Bo‘limlar