“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:25
ЎЗO‘Z

Vadim Abramov: "Yangi rahbariyat men bilan ham, futbolchilar bilan ham uchrashgani yo‘q"

13 sen, 07:00 2 589 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vadim Abramov: "Yangi rahbariyat men bilan ham, futbolchilar bilan ham uchrashgani yo‘q" Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

Bugungi o‘yinni oson yutishimiz kerakdek edi. Biroq o‘zimizga muammolar paydo qildik va uchrashuv oxirida biroz asabiy bo‘ldi. Umuman olganda o‘yinda g‘alabaga munosib harakat qildik.

- Eshitishimizga qaraganda yangi rahbariyat futbolchilar bilan uchrashmagan, moliyaviy muammolar bor ekan. Bu ichki muhitga qay darajada ta’sir qilmoqda?
- Men hozirgacha yangi rahbariyat bilan uchrashganim yo‘q. Futbolchilar bilan ham hech kim uchrashgani yo‘q. Muammolar juda ko‘p. Ammo afsuski ular hal bo‘lmayapti. Yigitlar shu muammolarga qaramay maydonga tushib o‘ynashmoqda. Umid qilamizki barchasi yaxshi bo‘ladi.

- Bir yo‘la uch o‘zgarishni amalga oshirdingiz. Yangilar o‘yinni kuchaytira olishdimi?
- Shubhasiz, agar o‘yinni shunday yomon tugatgan bo‘lsak o‘zgarishlar foydali bo‘lmagan bo‘ladi. Ammo ayb faqat ularda emas. Maydondagi futbolchilar ham yangilarga ishonib qolishdi.

- "Bunyodkor"da penaltilarni G‘iyosov va Qobilov amalga oshirishadi. Bugun esa Nuriyev tepdi...
- Shunchaki zaxiradan maydonga tushgan hujumchi o‘zi ishlagan penaltini tepishini o‘zim xohladim. Uchrashuv oxiri bo‘lgani uchun shunday qarorga keldim. Afsuski gol ura olmadi, aslida bugun men juda yomon ishladim.

- Ayni paytdagi muammolarni olib qarasak ikkinchi davrada qaysi o‘rin uchun va qanday maqsadda o‘ynaydi?
- Umid qilamanki muammolar qandaydir hal qilinadi. Men o‘zimdan ko‘ra yigitlar uchun ko‘proq tashvishdaman. "Bunyodkor" klubi o‘zbek futboliga hali ko‘p foyda keltiradi va bunday munosabatga loyiq emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 866
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 665
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 1 026
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 264
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 211
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 456
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar