“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 10:10
ЎЗO‘Z

Korrupsiyaga qarshi kurash tizim: Adliya vazirligining Muvaffaqiyat formulasi

11 sen, 19:30 2 776 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsiyaga qarshi kurash tizim: Adliya vazirligining Muvaffaqiyat formulasi Joriy yilning 11 sentabr kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining yaratilishi, ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda SЕRT International s.r.o ning O‘zbekistondagi vakili, BMTRD Korrupsiyaga qarshi kurashish global loyihasining vakili, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari va Adliya vazirligi rahbariyati ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash tizimi bir qator bosqichlarda amalga oshirilayotganligi, shu vaqtga qadar qanday natijalarga erishilganligi va oldinga qo‘yilgan rejalar bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.

Ta’kidlangandek, Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi bo‘lib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ushbu sertifikat vazirlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining birinchi bosqichi 2019 yilning 1-yarmida amalga oshirildi. Bunda Adliya vazirligi korrupsiya xavflari va faktlarini, xodimlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi yoki zarur paytda harakatsizligi holatlarini aniqlash maqsadida keng jamoatchilikni yordamga chaqirdi. Shu bois, adliya organlari va muassasalarida fuqarolarga audio va video yozuv vositalaridan foydalanishga ruxsat berildi. Jamoatchilik nazorati xodimlarning javobgarligini oshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, vazirlik huzurida korrupsiyaga qarshi kurash kengashi tashkil etildi. Korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan vazifalar (vakolatlar) va lavozimlar ro‘yxati shakllantirildi. Internet tarmog‘ida notariuslar bo‘sh ish o‘rinlariga tanlovlar onlayn-translyatsiya qilinishi yangiliklardan biri bo‘ldi. Bu bilan, birinchidan, xodimlarni saralab olishning maksimal shaffofligiga, ikkinchidan, vijdonli notariuslarni ishga tayinlashga erishildi.

Telegram messendjerida aholini adliya organlari va muassasalarida yuz berayotgan korrupsiya huquqbuzarliklari haqida tezkor xabardor qilish maqsadida maxsus @antikorbot boti ishga tushirildi. O‘tgan vaqt davomida @antikorbot orqali 2,5 mingdan ziyod xabarlar kelib tushdi. Xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra, 20 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, to‘rt nafariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 2019 yilda 1 801 ta qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazildi. Natijada, 160 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. “Sirli mijoz” bo‘yicha o‘tkazilgan 1 344 ta tadbirlar yakunida yana 380 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi.

Ikkinchi bosqich 2019 yilning iyul oyidan 2020 yilning avgust oylarida amalga oshirildi. BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarida “KPMG International” kompaniyasining xalqaro ekspertlarini jalb etgan holda, korrupsiyaga qarshi komplayens nazoratni joriy etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi. Birinchi navbatda, tizim doirasida vazirlik va uning muassasalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda korrupsiya xatarlari xavfi darajasi (492) bo‘yicha baholandi va tasniflandi.

Ikkinchi navbatda, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standarti asosida vazirlikning 10 dan ziyod ichki hujjati tubdan yangilandi, vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi:
•xodimlar izchil o‘qitilmoqda, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida e-study.adliya.uz yangi platformasi ishga tushirildi;
•davlat xaridlarini amalga oshirishda kontragentlarni tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
•xodimlarning faoliyat samaradorligini baholash KPI asosida amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi;
•adliya organlari va muassasalari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini tartibga solish mexanizmi joriy qilindi.

Uchinchi navbatda, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Vazirlik tizimidagi barcha yo‘nalishdagi korrupsiyaviy shart-sharoitlarni minimallshatirish hisobiga korrupsiya huquqbuzarliklari va jinoyatlari minimal darajaga tushirildi. Xodimlar o‘rtasidagi korrupsiya, jumladan korrupsiya jinoyatlarni eng kam darajaga tushirildi. Masalan, 2019 yilda adliya organlari va muassasalarining 6 nafar xodimiga nisbatan jinoiy javobgarlik ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ularning 4 nafari korrupsiya jinoyatlari bo‘yicha ishlar bo‘lgan.

Uchinchi bosqich 2020 yilning iyun-avgust oylarida amalga oshirildi. “SERT International” s.r.s xalqaro tashkiloti tomonidan Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlash bo‘yicha audit o‘tkazildi. O‘tkazilgan audit natijasi bo‘yicha ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikati berildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida Adliya vazirligi O‘zbekistonda birinchidan bo‘lib “Menedjmentning korrupsiyaga qarshi tizimi” bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritganligi bo‘yicha xalqaro sertifikatni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 85
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 285
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 239
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar