“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:04
ЎЗO‘Z

Dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi

11 sen, 10:42 1 874 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi Bugungi kunda dunyoda koronavirusga qarshi 180ga yaqin vaksina ustida ishlar olib borilmoqda, ulardan 35 tasi odamlarda sinalmoqda. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Hozirda 180ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda va ulardan 35tasi odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Hali tarixda biror-bir kasallikka nisbatan bunday tez tadqiqotlar bo‘lmagan”, deb ta’kidlab o‘tgan Gebreyesus.

Uning ta’kidlashicha,ushbu raqamlar oxirgi vaqtda fan va texnologiyada yuz bergan aqlbovar qilmas taraqqiyotdan darak beradi.

JSST rahbari vaksinani iloji boricha ko‘proq odam foydalana oladigan qilishga chaqirgan. U “vaksina bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar va millatchilik” infeksiyaga qarshi vositalardan foydalanishda hamma teng bo‘lishini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Gebreyesusning aytishicha, uni dunyoda pandemiyani to‘xtatishda yakdillik yo‘qligi hammasidan ko‘ra tashvishlantiradi va bu uning fikricha, bugungi kundagi eng “katta sinov” hisoblanadi.

Oramizda yakdillik yo‘q bo‘lganda va biz tarqoq bo‘lganda, bu virus uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Mana, nima uchun u hamon tarqalmoqda. Bu meni tashvishlantirmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST rahbari.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 28,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 913 mingdan oshib ketdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar