“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:25
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan haydovchi ushlandi

11 sen, 09:30 2 227 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda YPX xodimiga 1 mln so‘m pora taklif qilgan haydovchi ushlandi Joriy yilning 8 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori B.Omonturdiyev soat 11:50larda, Qarshi shahar Nasaf ko‘chasida joylashgan “Artel” savdo do‘koni yonida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu vaqtda u ushbu ko‘chada harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Haydovchi D.A.ning ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi me’yoriy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, haydovchi viloyat IIB YHXB YPXB maxsus otryad komandirining o‘rinbosari J.Shamsiddinovning xizmat xonasiga borib, avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

J.Shamsiddinov mazkur holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.

Bildirgi asosida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan joriy yilning 9 sentabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.A. YPX xodimi J.Shamsiddinovga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga 1 000 000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 9 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar