“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 14:22
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi vaksinaning butun dunyo bo‘ylab yetkazilishi “asr missiyasi” bo‘lishi aytildi

11 sen, 07:33 2 133 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi vaksinaning butun dunyo bo‘ylab yetkazilishi “asr missiyasi” bo‘lishi aytildi Foto: Economic Times
Koronavirusga qarshi vaksinaning butun dunyo bo‘ylab yetkazilishi “tarixdagi eng katta transport muammosi” bo‘ladi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) ma’lumotlariga ko‘ra, buning uchun Boeing 747 kabi samolyotdan 8 mingtasi kerak bo‘ladi.

To‘laqonli vaksina hali yaratilmagan bo‘lsa-da, IATA vaksinani butun dunyo bo‘ylab yetkazish borasida aviakompaniyalar, aeroportlar, sog‘liqni saqlash idoralari va farmatsevtika kompaniyalari bilan ish olib bormoqda.

Vaksinalarning xavfsiz yetkazilishi yuk aviatashuvlari sohasi uchun “asr missiyasi” bo‘ladi. Biroq bu dastlabki rejasiz yuz bermaydi. Buning vaqti keldi”, deb aytgan IATA ijrochi direktori Aleksandr de Juniak.

Aviakompaniyalar pandemiya vaqtida yo‘lovchi reyslariga talab kamayib ketgani sababli yuk tashishga e’tiborni qaratgan hozirgi bir vaqtda vaksinalarni yetkazish murakkab bo‘ladi. Hamma samolyotlar ham vaksinani tashish uchun to‘g‘ri kelavermaydi, chunki buning uchun ma’lum harorat diapazoni saqlanishi lozim. Ba’zi vaksinalarga juda past haroratlar talab etilishi mumkin.

Biz bu jarayonlarni yaxshi bilamiz. Dunyoning ba’zi joylariga, jumladan Janubi-Sharqiy Osiyoga parvozlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki u yerda vaksina ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan IATA’ning yuklar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi boshlig‘i Glen Xyuz.

IATA’da ta’kidlanishicha, Afrikada yuk samolyotlari yetarlicha miqdorda bo‘lmagani, hududning kattaligi va chegaralarni kesib o‘tish murakkabligi hisobiga ayni vaqtda “qora qit’a” bo‘ylab vaksinani yetkazishning imkoni yo‘q.

Vaksinalarni tashish harbiy aniqlikni hamda ular saqlanadigan joylarda salqin omborlar bo‘lishini talab etadi.
Shu munosabat bilan IATA tayyor holatda bo‘lish uchun hukumatlarni hozirdanoq ishga kirishishga chaqirgan.

Vaksinalarni tashishda yuzaga keladigan yana bir muammo ularning xavfsizligi hisoblanadi.
Vaksinalar juda qimmatli tovar bo‘ladi. Yuklar qalbakilashtirish va o‘g‘irlanishdan himoyalangan bo‘lishini ta’minlash uchun choralar ko‘rilishi lozim”, deb qo‘shimcha qilingan IATA’da.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 0
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 231
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 54
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 152
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 59
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 107
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 55
  • Bo‘limlar