“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 05:11
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura «bosh shifokor ishi» bo‘yicha bayonot berdi

10 sen, 21:10 3 502 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura «bosh shifokor ishi» bo‘yicha bayonot berdi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori — viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva hibsga olingani, bu borada Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan rasman bayonot berilishi kutilayotgani xabari berilgandi. Nihoyat, kutilayotgan bayonot matni qo‘limizga yetib keldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 2020 yil 10 avgust kuni fuqaro Sh.Minbayev Chirchiq shahar prokuraturasiga murojaat qilib, Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida ikki tomonlama pnevmoniya va «COVID-19» tashxisi bilan og‘ir ahvolda davolanayotgan qarindoshi F.Rustamov mazkur shifoxona xodimlari tomonidan (1 avgust kuni) viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga o‘tkazilganligini va 02.08.2020 yilda uning sog‘lig‘i yomonlashib vafot etganligini, shu sababli aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Aniqlanishicha, bemor F.Rustamovning somatik holati og‘irligi, unda nafas yetishmovchiligi mavjudligi va reanimatsion muolajalarga muhtojligiga qaramasdan Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokorining ko‘rsatmasi bilan ushbu bemor og‘ir ahvolda viloyat Ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.

Shu bilan birga, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida F.Rustamov nomiga yuritilgan kasallik tarixiga bemor «COVID-19» kasalligidan to‘liq tuzalganligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida jami 250,8 mln. so‘m budjet mablag‘lari rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi bir necha marotaba tergovga chaqirilganligiga qaramasdan uzrli sabablarsiz ko‘rsatilgan muddatlarda kelmagan. 2020 yil 8 sentabr kuni u majburiy tartibda tergovga olib kelinib, JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 207-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etildi.

Ayblanuvchi tergov harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgani, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat og‘ir jinoyatlar turkumiga kirishligi, shuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborishining oldini olish maqsadida protsessual tartibda ushlanib, sudning 09.09.2020 yildagi ajrimi bilan unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 53
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 148
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 40
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 230
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 93
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 1
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 111
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 101
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 69
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 59
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 40
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 35
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 41
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 40
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 186
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 301
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 26
  • Bo‘limlar