“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 00:35
ЎЗO‘Z

Volkswagen ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazayotgan Ilon Mask (video)

09 sen, 12:35 2 570 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Volkswagen ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazayotgan Ilon Mask (video) Foto: LinkedIn/Herbert Diess
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Braunshveyg aeroportiga kelib, Volkswagen AG direktori Gerbert Diss bilan uchrashdi va ID.3 elektrokarini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi Motor.

Maskning ID.3 xetchbekini haydayotgani tasvirlangan videorolik Diss tomonidan o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida e’lon qilingan. Video avvalida u amerikalik mehmonini ID.3 — bu ommaviy ishlab chiqariladigan avtomobil va undan Tesla sportkarlari darajasini kutmaslik haqida ogohlantirgan. Bunga javoban Mask xetchbek «oddiy avtomobil uchun yaxshi tezlanish dinamikasini» namoyish etganini ta’kidlagan.

Suhbat davomida Tesla rahbari Dissdan xetchbek yo‘lda o‘zini saqlash tizimi bilan jihozlangan yoki yo‘qligi, shuningdek, akkumulator sig‘imi bilan qiziqqan. Dissning so‘zlariga ko‘ra, ID.3 tizimi «nemis avtomobilsozligi uchun oddiy san’at namunasi» hisoblanadi, shuningdek, nominal batareya sig‘imi 55 dan 83 kilovatt-soatgacha yetadi.

Video ostiga Maskning ushbu tashrifi Tesla va Volkswagen hamkorligiga sabab bo‘lishi va hatto birgalikda yangi model yaratilishi mumkinligi haqida izohlar qoldirilgan. Bunga javoban Diss Tesla bilan hech qanday bitimlar rejalashtirilmayotganini aytgan. «Biz, shunchaki, ID.3’da sayr qildik va gurunglashdik», — deydi u.

Maskning Germaniyaga borishidan asosiy maqsadi — Berlin yaqinida Tesla-Gigafactory 4 zavodidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirish bo‘lgan. Mazkur zavod 2021 yildan boshlab akkumulator batareyalarini, elektromotorlarni, shuningdek, Tesla Model 3 va Tesla Model Y’ni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Jay Leno’S Garage shousining yangi qismida boshlovchi Jey Leno Ilon Mask bilan uchrashib, Tesla Cybertruck elektropikapida sayr qilgandi. Ular birgalikda Los-Anjelesda qurilgan yerosti tunneli bo‘ylab harakatlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 355
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 196
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 531
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 643
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 367
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 261
  • So'nggi yangiliklar
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 2
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 21
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 70
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 65
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 51
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 37
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 110
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 211
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 88
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 99
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 269
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 198
  • Bo‘limlar