“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:17
ЎЗO‘Z

Guruch, bodom va kivi — tiniqib uxlashga yordam beradigan mahsulotlar

07 sen, 20:07 2 523 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Guruch, bodom va kivi — tiniqib uxlashga yordam beradigan mahsulotlar Foto: «Tion»
Sog‘lom uyqu miya va yurak faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, immunitetning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mutaxassislar kuniga 7-9 soat uxlash kerakligini ta’kidlaydi, lekin ish va shaxsiy hayotdagi muammo hamda stresslar tufayli doim ham keraklicha uxlashning iloji bo‘lmaydi. Harper’s Bazaar bunday vaqtda uyqu tinch va ko‘ngildagidek bo‘lishiga yordam beradigan mahsulotlar iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Bodom
Turli tuman vitamin va minerallarga boy bo‘lgan quritib qovurilgan 28 gramm bodomda kunlik me’yor hisoblangan 18 foiz fosfor va katta yoshli inson organizmi uchun norma bo‘lgan 23 foiz B2 vitamini bo‘ladi. Shuningdek, uyqu gormoni hisoblangan melatoninning manbayi hisoblanadi. Uyqudan avval bir siqim bodom iste’mol qilish tiniqib dam olishni ta’minlaydi.

Kurka go‘shti
Eng foydali go‘sht mahsulotlaridan bir hisoblangan, tarkibida riboflavin, fosfor va selen bo‘lgan kurka go‘shti uyqu gormoni melatonin ajralib chiqishi uchun ahamiyatli bo‘lgan aminokislota — triptofanni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulot proteinga ham boy sanaladi. Ba’zi tadqiqotlarda aniqlanishicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi oqsil ham uyqu chaqirishi mumkin.

Moychechakli choy
Moychechakli choy — o‘zining tinchlantiruvchi xususiyati bilan yaxshi ma’lum. Uni iste’mol qilish xavotirni kamaytiradi, immunitet va teri ahvolini yaxshilaydi. Qolaversa, tarkibidagi antioksidant — apigenin uyqusizlikka qarshi yaxshi samara beradi.

Kivi
To‘yimli shu bilan birga kam kaloriyaliligi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan ushbu meva iste’moli organizmdagi xolesterin va ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot doirasida 24 nafar ishtirokchi har kuni uyqudan ikki soat avval kivi iste’mol qilgan. Kuzatish natijasiga ko‘ra esa ishtirokchilarning 42 foizi tez uyquga ketishi aniqlangan. Bu kivining uyqu me’yorida bo‘lishida ahamiyatli bo‘lgan «baxt gormoni» — serotonin ishlab chiqarishni yaxshilashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Grek yong‘og‘i
Tarkibida 18 xil vitamin va minerallar mujassam bo‘lgan mazkur mahsulot, shuningdek, melatoninga ham boy sanaladi. Ushbu yong‘oqni oz miqdorda iste’mol qilish sizga uyqu bilan bog‘liq muammolarni hal bo‘lishiga yordam berishi mumkin.

Guruch
Foydali xususiyatlari va bir qancha vitaminlarga boy ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan guruch qondagi qand miqdorini kamaytiradi va uyqu yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shifokorlar tiniqib uxlash uchun guruchni uyquga yotishdan bir soatdan kam bo‘lmagan vaqtda iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Losos
Vitamin D koni hisoblangan losos miya faoliyatini yaxshilash va yurak kasalliklarining oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan omega-3 kislotasiga ham boy hisoblanadi. Ushbu vitamin va kislotalarning umumlashmasi uyquning yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Lososni uyqudan avval oz miqdorda iste’mol qilish tinch va uzoq uyquni ta’minlaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 325
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 487
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 330
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 359
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 437
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar