“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:54
ЎЗO‘Z

Javob bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilgan?

06 sen, 17:30 2 648 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Javob bo‘yalmagan yoki barcha kataklar bo‘yalgan savolga nega ball berilgan? Davlat test markazi internetda tarqalayotgan ayrim javoblar varaqalarida bo‘yalmagan yoki barcha javoblar bo‘yalgan bo‘lsa-da, ball berilgan holatlarga izoh berdi.

«Ushbu holatda hech qanday qonun buzilishi aniqlanmadi. Bunda abituriyent tomonidan rasmda ko‘rinib turgan savollarga nisbatan e’tiroz bildirilgan va unga mos doiracha bo‘yalmasdan qoldirilgan. E’tirozni o‘rganish natijasida abituriyentning e’tirozi asosli topilib, unga ball berilgan.

Ta’kidlash kerakki, shundan so‘ng e’tirozli deb topilgan shu savol qaysi test topshiriqlari kitoblarida tushgan bo‘lsa, barchasiga ball berilgan. Tegishli doiracha bo‘yalmagan yoki o‘sha savolning barcha doirachalari bo‘yalgan bo‘lsa ham
», – deyiladi DTM izohida.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu holatga o‘z munosabatini bildirdi.
«Soddaroq tilda tushuntiradigan bo‘lsam, DTMning savollar kitobidagi o‘sha savolda nuqson bo‘lgan. Misol uchun, savol berilgan-u, lekin texnik xatolik sabab javoblar chop etilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Yoki savolning yarmi bor-u, yarmi yo‘q, yoxud savol boshqa, unga berilgan variantlar umuman boshqa.

Xullas, savollar mana shunaqa texnik xatolik bilan chop etilgan bo‘lsa, qaysidir abituriyent shikoyat qilgan. Nazoratchilar tekshirib ko‘rib, haqiqatdan savol-javobda texnik xatolik borligi haqida dalolatnoma tuzishgan.

Keyinchalik DTM ham qayta tekshirib, haqiqatdan texnik xatoligi bo‘lgani uchun o‘sha savolga ball bergan. Bu ijtimoiy adolat jihatdan to‘g‘ri qaror, sababi DTM xatosi uchun abituriyent javob bermasligi kerak.

Va eng qizig‘i, xuddi o‘sha savol qaysi abituriyentlarga tushgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasiga ball berilgan. Hammasini bo‘yagan bo‘lsa ham, ochiq qoldirgan bo‘lsa ham, qaysidir bitta variantni belgilagan bo‘lsa ham, farqi yo‘q, o‘sha xato savolga hammaga ball berilgan.

Hurmatli abituriyentlar. Javobni bo‘sh qoldirsa yoki hamma variantni belgilasa, ball berilar ekan, degan maslahatlarga ishonib yurmang. Bunaqa emasligini internetda tarqagan rasmlardan ham ko‘rsa bo‘ladi. 60ta bo‘sh qoldirilgan katakdan faqat bittasiga, texnik nuqsoni bor savolgagina ball berilgan. Shuning uchun bunaqa qing‘ir usullarga emas, o‘z bilimingizga ishoning
», – deb yozadi bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 29
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 45
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Bo‘limlar