“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Buyrakni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan odatlar

05 sen, 18:55 4 940 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buyrakni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan odatlar Foto: «Argumenti nedeli»
Buyrakning zo‘riqishi nafaqat uning faoliyati buzilishi, balki yurak xuruji va insultga ham olib kelishi mumkin. Sizu biz e’tibor bermaydigan kundalik odatlar salomatlik uchun muhim bo‘lgan a’zoni zararlanishiga olib keladi. «Domashniy ochag» jurnali buyrakda muammo kuzatilishiga sabab bo‘ladigan odatlarga to‘xtalib o‘tadi.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish
Konserogen hisoblanuvchi sosiska, kolbasa va boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari buyrak faoliyati uchun ham xavfli hisoblanadi. Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari tuz bilan to‘yinganligi sababli uning iste’molidan keyin buyrak avvalgidan ham ko‘proq ishlashiga to‘g‘ri keladi, bunda kalsiy ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, bu esa buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qon bosimining ko‘tarilishi
Qon bosimining ko‘tarilishi butun organizm, xususan, buyraklar uchun ham xavfli sanaladi. Gipertoniya buyraklarni qon bilan ta’minlovchi tomirlar, shuningdek, buyrakning o‘zini ham zararlashi mumkin. Shu sababdan qon bosimini hamisha nazorat qilib turish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Chekish
2012 yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 16 yil yoki undan ko‘p vaqt chekmasa, buyrak saratoni xavfi 40 foizga kamayishi aniqlangan. Chekish, shuningdek, qon tomirlariga zarar yetkazishi va qon bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Kam miqdorda suv ichish
Kuniga ikki litr suv ichishning hojati yo‘q, bir yarim litr suyuqlikning o‘zi ham kifoya qilishi mumkin, lekin undan kami jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Kerakli miqdorda suyuqlik iste’mol qilinmaganda organizmda natriyni parchalash va qon bosimini me’yorda bo‘lishini nazorat qilish uchun suv yetishmaydi. Shu bois suv ichishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.

Og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini ko‘p miqdorda iste’mol qilish
Yallig‘lanishga qarshi, ayniqsa, tarkibida aspirin va ibuprofen bo‘lgan dori vositalari, buyrakka qon quyilishini kamaytiradi va buning oqibatida buyrakda chandiq paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sabab ushbu preparatlarni faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilish, buyrakda muammo bo‘lsa bunday medikamentlardan voz kechish kerak.

Xalq tabobati bilan davolanish
O‘simliklar bilan o‘zini o‘zi davolash dori vositalari qabul qilish singari xavfli bo‘lishi mumkin. Aksar o‘simlik va o‘tlarda organizm, xususan, buyrakni zararlashi va faoliyati yomonlashishiga sabab bo‘ladigan moddalar bo‘lishi mumkin. Shu sabab ulardan foydalanishdan avval shifokor yoki farmatsevtika xodimi bilan maslahatlashishni unutmang.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 99
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 263
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 172
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 245
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 48
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 26
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 217
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Bo‘limlar