“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

01 sen, 17:17 2 081 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikromov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari J.Tuney bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Adliya vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislari vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etilayotgan davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirishga doir asosiy loyihaviy takliflarini taqdim etdi.

J. Tuney fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini ta’minlash uchun davlat boshqaruvining barcha sohalarini raqamlashtirish dolzarb ekani, koronavirus pandemiyasi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish, Turkiya tomoni Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish va O‘zbekistonda raqamlashtirish sohasidagi islohotlarga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini qayd etdi.

Tomonlar vazirlik tomonidan taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qildi. Mazkur yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni baholash va amalga oshirish uchun turkiyalik mutaxassislarni jalb qilishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligiga adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng jalb qilish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar