“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:18
ЎЗO‘Z

Bola onasi bag‘riga qaytarildi

29 avg, 21:53 2 324 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bola onasi bag‘riga qaytarildi Bolalar ota-onasi bilan baxtiyor. Ammo ming afsuski, hayot ba’zan farzandlar istagi asosida qurilmagan bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq jabr chekadigan, ruhan eziladigan o‘rtadagi bolalar bo‘lishi mumkin. Er-xotin munosabatlarining nomutanosibligi yoki qaynona kelinning o‘zaro kelishmovchiligi bois ajrashib ketgan oilalarda voyaga yetayotgan bolalar otasini tanlasa ona mehridan, onasini desa ota mehridan mosuvo bo‘lib yashaydi. Biroq har qanday holatda ham qonun aytgan so‘z haq so‘zdir.

M. va F. ancha yil davomida birga yashashdi. Ammo so‘ngi oylar mobaynida o‘rtadagi kelishmovchiliklar sabab, M. uydan ketishga majbur bo‘ldi ammo jondan aziz farzandini o‘zi bilan olib ketolmadi, albatta turmush o‘rtog‘ining qarshiligi bilan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor F.Ulashevdan undiruvchi M.Usanova foydasiga 28.06.2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandini onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nishon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 19 avgust kuni bola undiruvchiga davlat ijrochilari tomonidan olib berildi.
Byuro o‘z vakolatlari doirasida vazifasini amalga oshirdi, ammo farzand yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetishga ming karra haqli ekanligini vaqtida anglab yetish pushaymonliklar oldini olishini unutmaylik.

U.To‘laganov
MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 85
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 285
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar