“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Sherzod Shermatov: Onlayn ta’lim ayniqsa birinchi sinf o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi

28 avg, 13:43 2 742 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherzod Shermatov: Onlayn ta’lim ayniqsa birinchi sinf o‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘diradi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yangi o‘quv yili gibrid ssenariy asosida boshlangan taqdirda, onlayn ta’lim birinchi sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirishiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Birinchi sinf o‘quvchilari onlayn ta’limda qiynalishi bor gap. Xavfdan qo‘rqib maktabga yubormaydigan, uyda o‘zim o‘rgataman, qo‘lidan ushlab yozdiraman, deydigan ota-onalar ham bor. Lekin baribir birinchi sinf o‘quvchisiga o‘qituvchi o‘rgatishi kerak.

Sinf darajasi qancha yuqorilab borsa, onlayn ta’limning samarasi ham shuncha yaxshi bo‘ladi. Keyinchalik universitetda talaba o‘zi o‘qishga harakat qiladigan bo‘ladi.

Majburiy ta’lim – maktabda bolani o‘qitish uchun qattiqqo‘llik ham qilingan. Ota-onalar 1,5 oy karantin davrida farzandlarini o‘zlari uyda o‘qitib ko‘rishdi. Ammo bir nafar bolani ham hamma eplay olgani yo‘q. O‘qituvchi esa o‘rgatadi», – dedi vazir Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamovaga ko‘ra, yangi o‘quv yilida 650 ming nafardan ortiq o‘quvchi birinchi sinfga qabul qilishini kutilmoqda.

«Birinchi sinf o‘quvchilari ta’limni onlayn yoki an’anaviy shaklda boshlashlaridan qat’i nazar, ularga prezident sovg‘alari o‘z vaqtida yetkazib beriladi», – degan u «O‘zbekiston 24» radiokanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilini 14 sentabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritilgan. Maktablar faoliyati gibrid ssenariy asosida – an’anaviy va onlayn ta’lim shakli aralash holda tashkil etilishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 0
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 0
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 1
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Bo‘limlar