“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi?

27 avg, 15:40 3 003 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi? Koronavirusning ikkinchi to‘lqini kelishi uchun barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerak. Bu haqda 26 avgust, chorshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Brifingda Barno Abdusamatova «O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini kutilyaptimi», degan savolga javob berar ekan, ikkinchi to‘lqin bo‘lishi uchun barcha bemorlar tuzalib ketishi lozimligini aytib o‘tdi.

«Kasallikning ikkinchi to‘lqini kelishi uchun uning birinchi to‘lqinidagi kasallar va kunlik aniqlanayotgan bemorlar soni minimal darajaga pastga tushishi kerak yoki barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerak. Biz bu darajaga hali erishganimiz yo‘q. To‘g‘ri, kuz kelishi bilan yog‘ingarchilik natijasida namlik boshlanadi. Koronavirus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi», — dedi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu faslda yana ko‘pgina surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi natijasida bemorlarda immunitet pasayib, kasallik yuqtirishga moyilligi oshadi. Bu esa kasallar soni ortishi hamda ularning og‘ir shakli ko‘proq kuzatilishiga sabab bo‘ladi.

Avvalroq koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar uning boshqa shtamm yoki turlarini yuqtirish ehtimoli bo‘lgani uchun koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 18
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 89
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 296
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar