“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:22
ЎЗO‘Z

Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Taysonom Fyuri bilan jang qilishi mumkin

23 avg, 09:50 2 434 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Taysonom Fyuri bilan jang qilishi mumkin 22 avgust kuni Brentvudda (Buyuk Britaniya) professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. «Jangchilar bog‘i»dagi ushbu oqshomdagi asosiy jangda rossiyalik Aleksandr Povetkin va britaniyalik Dillian Uayt to‘qnashdi. WBC bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni va WBC Diamond kamari tikilgan ushbu jang 40 yoshli rossiyalik bokschi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Povetkin to‘rtinchi raund davomida ikki marta nokdaun holatiga tushdi, ammo u beshinchi raundda apperkot zarbasi bilan raqibni nokautga uchratdi.

Aleksandr Povetkin uchun bu 2020 yildagi ilk jang edi. U so‘nggi marta 2019 yil dekabrida ringga ko‘tarilgan, Saudiya Arabistonidagi boks kechasida Maykl Hanterga qarshi jang durang natija bilan tugagandi. O‘sha turnirda Dillian Uayt ham ishtirok etib, Mariush Vaxni mag‘lub etgandi. Rossiyalik bokschi shu vaqtgacha professional boksda 39 jang o‘tkazib, 36 g‘alabaga (25tasi — nokaut bilan) erishgan, ikki bor mag‘lub bo‘lgan va bir jang durang bilan tugagan.

HOLY SHIT POVETKIN JUST DID THAT pic.twitter.com/cauFrB0nbL

— DAZN USA (@DAZN_USA) August 22, 2020

Povetkin endi Tayson Fyuri egalik qiladigan WBC kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.
Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Fyuri hisobida professional boksda 30 g‘alaba (shundan 21tasi nokaut bilan) va bir durang bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 98
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 175
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 81
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar