“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 03:18
ЎЗO‘Z

Samarqandda oila a’zolari tomonidan kaltaklanib, uyidan chiqarib yuborilgan ayol voqeasi bo‘yicha

23 avg, 11:02 4 570 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda oila a’zolari tomonidan kaltaklanib, uyidan chiqarib yuborilgan ayol voqeasi bo‘yicha Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik ayolning o‘z oila a’zolari tomonidan kaltaklab, uydan chiqarib yubormoqchi bo‘lganligi tasvirlangan video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB ushbu video bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi voqea Urgut tumanining «Mangitobod» mahallasida 2020 yilning 17 iyun kuni sodir bo‘lgan. Tasvirda yerda yiqilib yotgan ayol S. fuqaro Sh. bilan 2012 yil noyabr oyida qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurib, ikki nafar farzandli bo‘lgan. Lekin turmushi davomida o‘zaro kelishmovchilik sababli 2016 yilda S. arazlab, shu mahallada yashovchi ota-onasining uyiga ketib qolgan.

2019 yilning avgust oyida «Mangitobod» mahallasi faollari aralashuvi bilan ular o‘zaro yarashtirilib, yana birga yashay boshlashgan. Biroq oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas yana o‘zaro kelishmovchilik ularning o‘rtasida nizo keltirib chiqargan. S. farzandlarini olib yana ota-onasining uyiga ketib qolgan.

2020 yilning iyun oyi boshlarida Sh. boshqa ayol bilan shar’iy nikohdan o‘tib, yashay boshlagan. 17 iyun kuni soat 10:00 larda fuqaro S. erining boshqa ayolga uylanganligini eshitib, ikki nafar farzandi, onasi I., xolasi G. va yangasi Sh. bilan birgalikda sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.ning uyga borgan.

Turmush o‘rtog‘i Sh. uni uyga kirishiga qarshilik qilib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Natijada ular o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Ularni ajratishga bo‘lgan urinishlarga qaramay, janjal davom etgan. Janjal davomida S. uyning derazasi oynasini qo‘li bilan urib sindirishi natijasida qo‘lidan tan jarohati olgan. Sh. sobiq turmush o‘rtog‘i S.ni ushlab uyidan chiqargan.

22 iyun kuni fuqaro S. Urgut tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, Sh. uni uyga kirishiga qarshilik qilib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, S.ning olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Urgut tuman sud-tibbiy ekspertizasi bo‘linmasining 30 iyundagi xulosasiga ko‘ra, ayolning olgan tan jarohatlari yengil sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan tan jarohatlari guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida 17 iyun kuni sodir bo‘lgan janjalda fuqaro S.ning o‘zi deraza oynasini qo‘li bilan urishi natijasida tan jarohati olganligi hamda janjal ishtirokchilari bir-birlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi o‘z tasdig‘ini topganligi sababli to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etish haqida qaror qabul qilingan. S. va boshqalarning xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 va 52-moddalari bilan ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish uchun Urgut tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqilgan. Qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish haqida qaror qabul qilinib, ish tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda to‘plangan hujjatlar tuman prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 87
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 44
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 231
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 235
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar