“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:19
ЎЗO‘Z

«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlarida 923 nafar jabrlanuvchi so‘roq qilindi

20 avg, 14:40 2 438 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlarida 923 nafar jabrlanuvchi so‘roq qilindi Kun.uz olgan ma’lumotga ko‘ra, ish yuzasidan sud tergovi harakatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan, sudya D.Valiyev raisligida olib borilmoqda. 19 avgustga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi jabrlanuvchilarning 923 nafari so‘roq qilingan.

«Avto 60 oy» MCHJ mansabdorlari soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.

Jabrlanuvchilar sonining ko‘pligini inobatga olib, ish tafsilotlaridan xabardor qilib borish maqsadida JIB Chilonzor tuman sudi tomonidan maxsus @jibChilonzorsuditelegram kanali tashkil qilingan. Jinoyat ishining barcha jabrlanuvchilaridan mazkur telegram kanaliga obuna bo‘lishlari so‘ralmoqda.

Toshkent viloyatida yashovchi jabrlanuvchilardan 20 avgustdan boshlab, haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 10:00dan 17:00gacha tuman sudi binosiga kelishlari so‘ralmoqda.

Manzil – Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 1a-uy. Mo‘ljal – Xlebushkina nomidagi bolalar uyi.
Murojaat uchun telefonlar: 71-231-19-52, 99-814-96-41

Eslatib o‘tamiz, tergov hujjatlariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MCHJ ta’sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va’da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to‘liq bajarmagan.

MCHJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 0
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 40
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 93
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 107
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar