“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:35
ЎЗO‘Z

Korrupsiyaning mavjudlik shartini jamiyat yuzaga keltiradi-mi?

18 avg, 20:46 2 357 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsiyaning mavjudlik shartini jamiyat yuzaga keltiradi-mi? Korrupsiya jamiyat rivojidagi eng katta to‘siqlardan biridir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tashkilotlarning reytinglaridagi mavqei sekinlik bilan bo‘lsada, yaxshilanib bormoqda.

Masalan, “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2019 yilgi reytingida O‘zbekiston 153-o‘rinni egallagan bo‘lib, mamlakatimizning korrupsiyaga qarshi kurashish dinamikasi 17%dan 25%ga oshgani e’tirof etilgan.

Xalqaro “Rule of Law Index”sining 2020 yilgi statistik ko‘rsatkichlarida O‘zbekiston “Korrupsiyaning yo‘qligi” indikatori bo‘yicha 0.40 ballni olgan. O‘tgan yilga qaraganda bu sohada umumiy o‘sish 0.2%ni tashkil etadi.

Nega korrupsiya O‘zbekistonda haligacha jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda?
Huquqiy nuqtai-nazardan korrupsiyaga qarshi barcha choralar ko‘rilmoqda: “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” alohida qonun qabul qilindi, davlat organlarida korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan idoraviy ichki hujjatlar ishlab chiqildi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi, korrupsiya uchun og‘irroq jazo chorasi tayinlandi, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Lekin, masalaning yana bir tomoniga, muammoning ijtimoiy jihatiga, ya’ni jamiyatning korrupsiyaga nisbatan munosabati va nuqtai-nazariga alohida e’tibor qaratish lozim.

Asuski, korrupsiyaning jamiyatdagi ijtimoy norma sifatida o‘rni haligacha o‘z ahamiyatini saqlab turibdi. Ko‘pchilikda davlat xizmatiga qo‘shimcha daromad manbai sifatida qarash hozirgacha mavjud. Fuqarolar korrupsiyaga o‘z muammolarini tez hal etish vositasi sifatida munosabat bildirishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: prokuratura organlarining 2020 yil 1-yarmidagi ish faoliyati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, prokuratura organlarida poraxo‘rlik jinoyati bo‘yicha 670 ta jinoyat ishi ro‘yxatga olingan.

Xorij tajribasi
Xorij davlatlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning turli usullari qo‘llangan. Jumladan, Singapurda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi va antikorrupsiya byurosini kuchaytirishga, Yaponiyada davlat xizmatchilarining kasb etikasiga amal qilinishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lsa, Finlyandiyada aholi mentaliteti va so‘z erkinligiga, AQSH, Buyuk Britaniya kabi davlatlarlarda sud hokimiyati mustaqilligi, matbuot faolligi, sudyalarning kasb etikasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Shvetsiyada davlat xizmatchilariga yuqori ish haqi to‘lash korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy shartlaridan hisoblangan bo‘lsa, Singapur, Xitoy singari davlatlarda korrupsiya uchun o‘ta og‘ir jazo choralari belgilash ustivorlik qilgan. Lekin ushbu holatlar korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining faqat moddiy tarafidir.

Korrupsiyani minimal darajada pasaytira olgan davlatlarda davlat hokimiyati bilan jamiyat korrupsiya masalasida aniq kelishuvga erishishgan, ya’ni ular korrupsiyani jamiyat tartibini buzuvchi holat sifatida tan olishgan.

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarida aynan shu holatga e’tibor qaratilishi lozim, ya’ni fuqarolar ongiga davlat xizmatchilari davlat xizmatidagi vazifasiga qo‘shimcha pul keltiradigan vosita, aholi esa korrupsiyani muammolarini tez hal etadigan yechim sifatida qarashdan voz kechish g‘oyasi singdirilishi lozim.

Markaziy London Politexnika institutining (hozirgi Vestminster universiteti) iqtisodiyot kafedrasi katta ma’ruzachisi D. Shekltonning fikricha, davlat qaysidir shaklda jamiyat hayotini boshqarar ekan, u korrupsiyaning muayyan darajasi bilan murosa qilishiga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro “Rule of Law Index”sining 2020 yilgi statistik ko‘rsatkichlarida O‘zbekistonning “Xavfsizlik va tartib” indikatori 90%ni tashkil etadi, Ya’ni davlat uchun mamlakatning xavfsizligi va huquqiy tartibi birinchi darajali ahamiyatga ega. Lekin, fundamental inson huquqlari, davlatning ochiqligi, davlat hokimiyati huquqlarini cheklash sohasida mamlakatimiz ko‘rsatkichlari nisbatan pastligini ko‘rishimiz mumkin. Vaholanki, ushbu indikatorlar korrupsiyani tabiiy holda cheklovchi mezonlar hisoblanadi.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti raisi Delia Ferreira Rubio aytganidek, korrupsiya demokratik poydevorlar zaif bo‘lgan joylarda muvaffaqiyatli rivojlanadi. Xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida fundamental inson huquqlari, davlatning ochiqligi, davlat hokimiyati huquqlarini cheklash masalalariga katta e’tibor qaratilgan hamda bu jamiyat va davlatning korrupsiyaga qarshi kurash masalasida o‘zaro kelishishiga sabab bo‘lgan.

Kaliforniya universitetining (Los Anjeles, AQSH) siyosiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Treysmen shuni qonuniyat deb ta’kidlaydiki, demokratiya bo‘yicha katta tarixiy tajribaga ega bo‘lgan davlatlarda bunday tajribaga ega bo‘lmagan yoki tajribasi kam bo‘lgan davlatlarga qaraganda korrupsiyaning darajasi pastligi kuzatiladi. Darhaqiqat, “Transparency International” xalqaro tashkiloti ro‘yxatidagi korrupsiya darajasi past bo‘lgan AQSH, Shvetsiya, Finlyandiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya davlatlarida demokratiya yuqori darajada.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ushbu davlatlardagi singari so‘z erkinligi, OAV mustaqilligi, jamoat birlashmalarining faolligini mumkin qadar oshirish korrupsiya darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, shuni xulosa qilish mumkinki, korrupsiya davlat va jamiyat rivojidagi ichki dushmandir. Korrupsiyaning mavjudligi jamiyatning muayyan qatlamlarini qoniqtirar ekan, u yo‘qolmaydi.

Korrupsiyani ijtimoiy qadriyat sifatidagi ahamiyatini yo‘qotishning rivojlangan xorijiy mamlakatlar tomonidan tan olingan usullaridan biri bu demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdir.

Zafar Ergashev,
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat
tadqiqot instituti mas’ul xodimi




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 89
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 137
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 102
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar