“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:09
ЎЗO‘Z

Donald Tramp saylovdagi asosiy raqibi Jo Bayden emas, balki OAV bo‘lishini aytdi

18 avg, 12:35 2 300 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp saylovdagi asosiy raqibi Jo Bayden emas, balki OAV bo‘lishini aytdi Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda asosiy kurashni o‘zining demokratlardan bo‘lgan raqibi Jo Bayden bilan emas, balki OAV bilan ko‘rmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Mening eng jiddiy raqibim — bu Bayden emas, balki nohalol matbuot», — deya ma’lum qilgan Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.
Trampning ta’kidlashicha, u har kuni Baydenni qo‘llab-quvvatlaydigan Amerika OAVlariga qarshi turishga majbur. «Har kuni ular menga ‘bombalar’ otadi. Buni nohalol jurnalistlar qiladi», — deya ta’kidlagan prezident va hozircha ularni eplay olayotganini qo‘shimcha qilgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u matbuotga qarshi turgan chog‘ida «Bayden hatto o‘z yerto‘lasidan ham chiqmaydi, OAV esa u haqda faol ravishda yozmoqda», — deya ta’kidlagan. «U hatto jurnalistlarning savollariga ham javob bermaydi», — deya qo‘shimcha qilgan Tramp. Prezidentning eslatishicha, uning o‘zi deyarli har kuni unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ladigan jurnalistlarga javob beradi.

Tramp va Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan debatlar haqida gapirar ekan AQSH prezidenti ko‘plab OAVlar ob’ektiv bo‘lmasligidan ogohlantirdi.

«U yerda bir yarim soat tik turish kerak bo‘ladi. Agar Bayden buni shunchaki qila olsa, keyin hech kimning yordamisiz pastga tusha olsa, yangiliklarda u tarixdagi eng ajoyib debatni o‘tkazgani haqida gapirishadi», — deya ta’kidlagan Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilda u Hillari Klintonga qarshi debatlarga deyarli tayyorlanmagan. «Mening butun hayotim debatlarga tayyorgarlik bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 0
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar