“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:46
ЎЗO‘Z

Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi

13 avg, 10:10 1 897 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 avgust, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 15 avgustdan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha berilgan topshiriqlar doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida aholiga cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 8 avgustda Chorvoq suv ombori havzasining sanitariya muhofazasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan. Hujjat loyihasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «O‘zbekgidroenergo» AJning Chorvoq suv omborida motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanilish va aholining cho‘milishini taqiqlash bo‘yicha takliflari inobatga olib, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omborida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish hamda plyajlar tashkil etish va suv omborining qirg‘og‘i perimetri bo‘ylab aholining cho‘milishini qat’iyan taqiqlash taklif qilingandi.

Undan avval Vazirlar Mahkamasining pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan.

Taqiq motorli bo‘lmagan qayiqlarga, muqobil energiya manbalari orqali harakatlanuvchi suv transportiga, maxsus motorli qayiqlarga, vazirliklar va idoralarning vakolatli suv transportlariga taalluqli emas deb belgilangan. Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘yida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash ham taqiqlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 416
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar