“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:03
ЎЗO‘Z

Navoiy viloyatida yana oltin o‘g‘rilari qo‘lga olindi

12 avg, 13:37 3 030 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiy viloyatida yana oltin o‘g‘rilari qo‘lga olindi 2020 yilning 9 avgust kuni taxminan soat 23:50lar atrofida Markaziy kon boshqarmasi Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi alohida tezkor komandasi nazoratchilari tomonidan, Navoiy viloyatidagi Bessopan sanoat maydoni hududi yaqinida tarkibida oltin bo‘lgan ma’dan o‘g‘irlayotgan shaxslar qo‘lga olingan.

Markaziy kon boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlar Buxoro viloyati Shofirkon tumani «Denov» MFYda yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan Sh.H., 1980 yilda tug‘ilgan Q.T., 1996 yilda tug‘ilgan O.Q. hamda 1978 yilda tug‘ilgan Z.R. bo‘lib, ular oldindan til biriktirib, tarkibida oltin mavjud bo‘lgan qum va toshlarni noqonuniy ravishda qazib olayotgan paytda ushlangan.

Shundan so‘ng, voqea joyidan 36 dona polietilen qoplarda joylangan jami 1550 kilogramm og‘irlikdagi tarkibida oltin bo‘lgan qum va toshlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Markaziy kon boshqarmasiga qarashli «Muruntov koni» markaziy laboratoriyasi tahliliy xulosasiga ko‘ra, bir tonna qum va toshlar tarkibida 20,98 gramm oltin mavjudligi ko‘rsatilgan.Ayni paytda jahon qimmatbaho metallar birjasida 1 gramm oltin bahosi 666 ming 703 so‘m.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, 1550 kilogramm qum va toshlar tarkibida 35,52 gramm oltin mavjud bo‘lib, narxi 23 million 681 ming 321 so‘mni tashkil qiladi. Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Navoiy viloyati Zarafshon shahri 2-sonli IIB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Xatirchi tumanda yashovchi «oltin qazuvchilar» Uchquduq tumanida qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 74
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar