“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz eksport qiluvchi davlatlar orasida 8-o‘rinni egalladi

12 avg, 07:00 4 181 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz eksport qiluvchi davlatlar orasida 8-o‘rinni egalladi O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz eksport qiluvchi davlatlar orasida 8-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda quritilgan mevalarni Kunchiqar yurtga yetkazib berish tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ular Yaponiyaning eng yirik internet-do‘konlarida — Rakuten, Amazon, Yahoo sotilmoqda, shuningdek "Silk Road Fruits" savdo nomi ostida qandolat fabrikalariga yetkazib berilmoqda.

O‘zbekistondan quritilgan mevalarni import qiluvchi Yaponiyaning "Global Silk Road Inc." kompaniyasi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar bilan 500 ming AQSH dollariga shartnoma tuzdi.

«Dunyo» AA muxbiri "Global Silk Road Inc." prezidenti Yosuke Shamoto bilan suhbatlashdi, savdo hamkorligini rivojlantirish va kompaniyaning istiqboldagi rejalari bilan qiziqdi.

— 2009 — 2012 yillarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ta’lim sohasida ishlaganman, – dedi yaponiyalik biznesmen. – O‘sha kezlarda menda O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligini rivojlantirish jarayonida qatnashish istagi paydo bo‘ldi.

2017 yilning dekabr oyida do‘stim bilan O‘zbekiston mahsulotlarini, asosan quritilgan mevalarni Yaponiya bozorlariga olib kirish uchun “Global Silk Road Inc.” Kompaniyasiga asos soldik.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston quritilgan mevalari o‘zining betakror ta’mi bilan dunyoga mashhur.
Yaponiyada tashilayotgan yuklar sifatiga yuqori talablar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistonning ishonchli kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishga, mamlakatimiz talablariga javob beradigan raqobatbardosh brendni yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

O‘zbekistonlik eksportchilarning sa’y-harakatlari tufayli yetkazib berish hajmi muttasil oshib bormoqda.
O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida mamlakatda biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlardan yaxshi xabardorman. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz rivojiga yordam beradi.

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksport hajmini oshirishda ulkan imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Biz O‘zbekiston mahsulotlarining Yaponiyaga importini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatidamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 50
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 77
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 65
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 59
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 69
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar