“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:37
ЎЗO‘Z

Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi g‘olibi kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi

10 avg, 23:27 2 687 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangi g‘olibi kimga qarshi ringga ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi Foto: The Athletic
Professional boksning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha WBC chempioni Tayson Fyuri va sobiq chempion Deontey Uaylder o‘rtasidagi jang g‘olibi kamar himoyasi uchun bitta majburiy jang o‘tkazadi.

WBC mazkur bellashuvda chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschiga Dillian Uayt bilan jang qilish majburiyatini qo‘ygan.
Agar 22 avgust kuni Uayt og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Aleksandr Povetkinga mag‘lub bo‘lsa, u holda rossiyalik bokschi majburiy da’vogarga aylanadi.

Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi uchinchi jang iyun oyiga mo‘ljallangan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab to‘qnashuv qoldirilgandi. Avvalroq mazkur jang 3 oktabrda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bokschilar o‘rtasidagi 2018 yilda o‘tkazilgan ilk jang durang bilan yakun topgan. 2020 yilning 22 fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Fyuri amerikalik bokschini texnik nokautga uchratgan va Uaylderdan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 108
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 111
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 260
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 1 097
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar