“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:48
ЎЗO‘Z

Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan 10 ta zararli odat

10 avg, 20:06 4 297 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan 10 ta zararli odat Foto: «Domashniy Ochag»
Inson o‘rganib qolgan bir qancha harakatlar ichida salomatlik uchun xavfli bo‘lganlari ham bor. Afsuski, organizmdagi kasalliklar xayolga ham kelmaydigan «odatlar» tufayli yuzaga keladi. Ular, eng avvalo, ishni og‘iz bo‘shlig‘ida tishlarni zararlashdan boshlaydi.

Qalam uchi yoki ko‘zoynak dastasini tishlash
Stol ustidagi uchi tishlangan qalam yoki ruchkalar barchaga tanish bo‘lsa kerak. Agar biror narsani o‘ylash jarayonida bexosdan qalam yoki ruchka uchi tishlanaversa, tishlarda kichik yorilishlar yuzaga keladi. Bundan tashqari, aynan tishlangan vosita orqali og‘iz bo‘shlig‘iga bakteriyalar osonlikcha kiradi. Bordi-yu, nimadir chaynash hisi paydo bo‘lsa, me’yorda saqich chaynash maqsadga muvofiq.

Pista chaqish
Pistalar tishni yemiradi, bundan ajablanmang. U asta-sekinlik bilan amalga oshadi. To‘xtovsiz chaqilgan pista tufayli tishlarda sezilarli darajada o‘yma hosil bo‘ladi. Bu hali hammasi emas, pista chaqish odati milklarga ham zarar beradi va og‘iz bo‘shlig‘ida yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Agar bu odatdan voz kechish qiyin bo‘lsa, pista chaqilgandan so‘ng tishlarni tozalab yuvish kerak.

Tish tozalagichdan foydalanish
Tish tozalagichlar ovqat tanovulidan so‘ng tishlarni tez tozalash uchun yaratilgan. Ammo ular odatda milklarni zararlaydi va qonashiga sabab bo‘ladi. Stomatologlar bu kabi vositani samarali deb hisoblamaydi, chunki tish tozalash vaqtida ular sinib qolishi va tish orasida qolib ketishi mumkin. Bu ko‘proq tish tozalagichning yog‘och turdagisiga tegishli.

Tishlarning orasini ochish
Albatta, iplar yordamida tishlarni orasini ochish oson. Doimo vaqti stomatolog huzurida o‘tishini xohlaganlar va ketgan puliga achinmaydiganlar ushbu odatni bajarishda davom etadi.

Foto: «Domashniy Ochag»
Tishni g‘ichirlatish
Uyqu paytida tishlarni bir-biriga ishqalash yoki g‘ichirlatish ko‘pchilikda uchraydigan hol. Bu jarayon aynan tushda sodir bo‘layotganligi tufayli ham uni boshqarish imkonsizdir. Bunday odatga ega insonlar darhol shifokor ko‘rgidan o‘tishi lozim, chunki qandaydir kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Tishlarni bir-biriga ishqalash orqali tishni qoplab turuvchi emal yemiriladi, keyinchalik tishlar osongina yoriqlarga bo‘linib ketadi. Shuningdek, tishlarini g‘ichirlatuvchi odamlar uyqudan turgandan so‘ng o‘zlarini yomon his qiladi va bosh og‘rig‘i qiynaydi. Bu kabi og‘ir vaziyatda shifokorlar bemorlar uchun maxsus og‘izga taqiladigan moslamani tavsiya qiladi.

Tilga zirak taqish
Ayni paytda yoshlar orasida tilga va labga zirak (pirsing) taqish odatga aylangan. Stomatologlarnig fikricha, bu zararli odat tishning sinishi va yuqumli kasalliklarning rivojiga sabab bo‘ladi.

Foto: «windsc.ru»
Tirnoq chaynash
Tirnoq chaynash odatining bir qancha zararlari mavjud va ulardan biri tishga taalluqlidir. Birinchidan, qo‘ldagi bakteriyalarning asosiy qismi tirnoq ostida joylashgan va uni tishlash orqali ular og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tadi. Ikkinchidan, tishlarda yoriqlar paydo bo‘ladi va bu ularning yemirilishiga olib keladi. Uchinchidan, tirnoqni tishlash jarayonida jag‘ning pastki qismi oldinga chiqadi va bu odat sababli pastki jag‘ning tepa qismiga qaraganda oldinga ko‘proq o‘sib ketishi kuzatiladi.

Foto: «dentomed.uz»
Tishlarni juda qattiq yuvish
Tishlarni bir kunda ikki marta yuvish – eng yaxshi odatlardan biri, ammo haddan tashqari qattiq cho‘tkada ortiqcha bosim bilan og‘izni qonga to‘ldirib ishqalash esa aksincha yomon. Bu orqali tishning emali yemiriladi. Ularni tozalashda yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi cho‘tkalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Og‘izni ochib uxlash
Uxlaganda og‘izlarning ochilib qolishi eng avvalo, tishlarga zarar keltiradi. Shuningdek, og‘izning ochiq holda bo‘lishi suyuqlik miqdori kamayishiga, bu esa kislotalilikni oshishiga sabab bo‘ladi. Natijada kariyes va tish emalining ko‘chishi kuzatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 88
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 249
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 155
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 238
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 372
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar