“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:56
ЎЗO‘Z

Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto)

10 avg, 08:21 2 685 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jaloliddinov “Loko” fanatlari bilan uchrashdi (foto) Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsum oldidan muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda bosh murabbiy Marko Nikolich, murabbiylar shtabi vakillari, futbolchilar va ular qatorida tarkibga yangi qo‘shilgan legionerlar, xususan hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ham ishtirok etdi. Jasur tadbir davomida muxlislar savollariga ham javob berdi.

- Men “Lokomotiv”ning ajoyib muxlislari borligini yaxshi bilaman. Men ularni xursand qilish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

- Aleksey Miranchukning o‘yini yoqishini aytgan eding. U mashg‘ulotda hafsalangni pir qilmadimi?
- Yo‘q, men unday deb o‘ylamayman. Men hali ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak. Aleksey Miranchukning golli vaziyatni yakunlash holati juda xotirjam. Ayniqsa, bu SSKAga qarshi uchrashuvda penaltini aniq amalga oshirganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu katta foyda beradigan jihat.

Jasur Jaloliddinov katta futboldagi debyutini 2018 yilning 2 avgustida O‘zbekiston Super ligasida “Bunyodkor”ning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi uchrashuvida debyutini o‘tkazgan. Jasur milliy chempionatimizda debyutini nishonlagan eng yosh futbolchi hisoblanadi. 2019 yilning 6 aprel kuni “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘yinda birinchi golini kiritgan. O‘zbekiston chempionatida jami 29 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Jasur Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur The Guardian gazetasi tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida “Jahon futbolining eng iqtidorli 60 nafar futbolchisi” ro‘yxatiga kiritilgan.

2020 yilning 29 iyul kuni 18 yoshli Jasur “Bunyodkor”dan 1 million yevro atrofidagi mablag‘ evaziga “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shildi va moskvaliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U yangi klubida 23-raqamda to‘p suradi. Premer-liga futbol ekspertlari Jasur Jaloliddinov haqida fikr yuritganda uni mashhur hujumchi Lionel Messiga qiyoslashmoqda.

Rossiya premer-ligasining birinchi turida “Lokomotiv” futbolchilari safarda “Rubin” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 11 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 0
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 153
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 107
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar