“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:02
ЎЗO‘Z

Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan deb topildi

09 avg, 21:32 3 364 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan deb topildi Foto: «TASS»
Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan deb topildi, ularda saylovchilarning 54 foizdan ko‘proq qismi ishtirok etgan. Bu haqda Belarus MSK raisi Lidiya Yermoshinaga tayanib, «Interfaks» xabar qildi.

«Kun oxiriga borib dastlabki natijalarni e’lon qilishimizni aytishim mumkin», – deydi Belarus MSK raisi.
Yermoshina bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Minskdan boshqa barcha hududlarda saylovlarda ishtirok etgan fuqarolar soni 50 foizdan oshgan.

«Gomel va Mogilyov viloyatlarida soat 12:00 holatiga ko‘r, 60 foizdan ko‘proq saylovchi tashrif buyurgan (muddatidan avval ovoz berganlar ham qo‘shiladi)», – degan Yermoshina.

Belarusdagi saylovlar
9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda: mamlakatda mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da 5 723 ta saylov uchastkasi ochilgan. Belarusdan tashqarida yana 44 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da tugaydi. Belarusning 6,8 million aholisi ovoz berish huquqiga ega.

MSK axboroti bo‘yicha Belarusda muddatidan avval ovoz berishning besh kunligida (4—8 avgust) saylovlarda saylovchilarning 41,7 foiz qismi ishtirok etgan.

Belarus prezidentligi uchun saylovlarda amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko oltinchi marta ishtirok etmoqda, shuningdek, nomzodlar safida «Govori pravdu» birlashmasi raisining o‘rinbosari Andrey Dmitriyev, saylovoldi kampaniya vaqtida hibsga olingan bloger Sergey Tixanovskiyning rafiqasi — sobiq deputat Anna Kanopatskaya va Belarus sotsial-demokratik partiyasi raisi Sergey Cherechen ham qatnashmoqda.

Belarusda prezidentlik saylovlarning dastlabki natijalari rasman 10 avgustda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yakuniy natijalar Belarus MSK tomonidan 19 avgustda yoki undan keyin ma’lum qilinishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar