“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

Oston O‘runov: Otamning orzusi ushaldi

09 avg, 00:10 2 971 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oston O‘runov: Otamning orzusi ushaldi Oston O‘runov Moskvaning “Spartak” jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Hamyurtimiz yangi jamoasi safida 20-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Yangi jamoaga o‘tganidan keyin o‘zbekistonlik legioner rossiyalik jurnalistlar bilan o‘z taassurotlari va fikrlarini o‘rtoqlashdi. Ushbu intervyuning tarjimasini e’tiboringizga havola qilamiz.

- “Spartak”da qanday kutib olishdi?
- Bu yerda ajoyib kollektiv bor ekan, zo‘r kutib olishdi. Jamoaga tezroq kirishib ketishga umid qilaman.

- Klub haqida nimalar bilasan?
- “Spartak” – xalq jamoasi, eng sovrindor klub. Otam har doim “qizil-oqlar” safida to‘p surishimni orzu qilardi.

- “Ufa”ga yaqinda kelgansan. Rossiyadagi muxlislar sen haqingda kam bilishadi. Qaysi pozitsiyalarda o‘ynashga ko‘nikkansan?
- To‘p bilan ishlashni yaxshi ko‘raman, maydon markazida o‘ynash men uchun qulay. Murabbiylar meni qayerga qo‘yishini ko‘ramiz hali.

- Shamil Gazizov seni “Ufa”ga taklif qilgandi, endi “Spartak”ga chaqirdi. U bilan yana bir klubda bo‘lishdan xursandmisan?
- U meni O‘zbekistondan “Ufa”ga taklif qilib, imkoniyat bergan edi. Endi uning ishonchini shu yerda oqlashni istayman.

- “Spartak”ga o‘tganing tufayli O‘zbekistonda bu jamoaga e’tibor kuchaysa kerak?
- Albatta! “Qizil-oqlar”ning qariyb 35 million yangi muxlisi paydo bo‘ldi. Bu butun O‘zbekiston aholisi, degani.
Oston O‘runovning transferi eng ko‘p muhokama qilingan mavzu sifatida omma diqqat markazida turdi. Unga Rossiyaning yetakchi klublari qatori, xorijdan ham jiddiy takliflar bo‘ldi. Oston O‘runov faoliyatini “Spartak”da davom ettirishga qaror qildi.

Mutaxassislar yangi mavsumda bu jamoa chempionlik uchun kurashishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlamoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, hozircha Rossiya premer-ligasida Oston O‘runov, Eldor Shomurodov va Jasur Jaloliddinov kabi futbolchilarimizning mahoratidan bahramand bo‘lamiz.

Legionerlarimizning xorij chempionatlarida ishtirok etib, tajriba va mahorat oshirishi, eng evvalo, 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi manfaatlariga xizmat qiladi. Qolaversa, Rossiya va Belarus chempionatlari yuqori ligalarida to‘p surayotgan futbolchilarimiz yevropalik futbol mutaxassislari e’tiborini o‘zbek futboliga qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 117
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 340
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 139
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 167
  • Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi? 15 apr, 17:30 570
  • UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi 15 apr, 14:19 214
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 0
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 69
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 21
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 62
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 194
  • Bo‘limlar