“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:42
ЎЗO‘Z

Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi?

08 avg, 22:06 4 986 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida uning ijrosiga mas’ullar nomma-nom qayd etilib, ularning shaxsiy javobgarligiga oid masalalar birma-bir ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A. Ramatov zimmasiga qaror ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuklatildi.

Bosh vazirning o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J. Qo‘chqorov qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan zarur mablag‘larni o‘z vaqtida ajratish va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilishga mas’ul ekani ko‘rsatildi.

Tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, investorlar hamda investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda tumanning eksport salohiyatini oshirish ishlari Bosh vazirning o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, Bosh vazirning yana bir o‘rinbosari O‘. Barnoyevga So‘xda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni o‘zlashtirish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirish vazifasi topshirildi.

Bosh vazirining o‘rinbosari B. Musayev tumanda ijtimoiy sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlariga javobgar ekani ko‘rsatildi.

Qaror ijrosi nazorati esa, doimgidek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov gardaniga yuklatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 6
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 98
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 212
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 54
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar